O‘zbekiston Milliy termasi Rio-de-Janeyrodagi XV Paralimpiya o‘yinlarini 31 medal bilan yakunladi, deya xabar qildi «Gazeta.uz" nashri.
32 sportchidan iborat respublika jamoasi sportning besh turi (yengil atletika, suzish, dzyudo, o‘q otish va og‘ir atletika) bo‘yicha bahslarga kirishdi.
8 ta oltin, 6 ta kumush va 17 bronza medalini qo‘lga kiritgan O‘zbekiston paralimpiyachilar medallar hisobi bo‘yicha 15-o‘rin (medallar soni bo‘yicha 12-o‘rin)ni band etdi. O‘zbekiston Markaziy Osiyo davlatlari o‘rtasida 1- o‘rinni, MDX davlatlari orasida 2- o‘rin (1- o‘rin Ukraina, 171 sportchi bilan ishtirok etgan), Osiyo davlatlari o‘rtasida 2- o‘rin (1- o‘rin Xitoy, 326 sportchi bilan ishtirok etgan) qo‘lga kiritdi.
Dzyudo sport turi bo‘yicha umumjamoa xisobida 1-o‘rinni egalladi. Sportchilar tomonidan 6 ta jahon, 7 ta Paralimpiya o‘yinlari, 12 ta Osiyo rekordi o‘rnatildi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi