18:02 / 19.06.2017
5 157

"Real" Ronalduni o‘rniga futbolchi topdi?

"Real" Ronalduni o‘rniga futbolchi topdi?
Madridning "Real" klubi jamoadan ketishi kutilayotgan Krishtianu Ronalduning o‘rniga tezlik bilan futbolchi qidirishga kirishgan.

Ayni paytda madridliklar Paulo Dibala, Robert Levanovski hamda Kilian Mbappe bilan qiziqishmoqda.
"Real" ushbu uchala futbolchidan birini jamoaga jalb etmoqchi. Buning uchun "qaymoqranglilar" 100 million evro atrofida pul sarflashmoqchi.
Eslatib o‘tamiz, Paulo Dibalani o‘tgan yili ham "Barselona" va "Real"ga o‘tishi borasidagi xabarlar tarqalgandi. Ammo "Yuventus" o‘z yulduzini sotmasligini ta’kidlagandi.
Robert Levandovski esa 3 yil avval "Real" unga qiziqayotganida Madridga yo‘l olishni emas, "Bavariya"da o‘ynashni tanlagandi.
Kilian Mbappe esa "Real"da o‘ynash istagi borligi haqida bir necha bor aytib o‘tgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » "Real" Ronalduni o‘rniga futbolchi topdi?