18:52 / 08.08.2017
5 680

Koutino futbol tarixidagi eng qimmat ikkinchi futbolchi bo‘ladi

Koutino futbol tarixidagi eng qimmat ikkinchi futbolchi bo‘ladi
"Liverpul" yarim himoyachisi Filippe Koutino tez orada "Barselona" futbolchisiga aylanishi mumkin.

Oldinroq, qizillar Koutinoni sotishga rozi ekanligi, "Barselona" esa futbolchi uchun 120 mln. funt to‘lashga tayyorligi e’lon qilingan edi.

Ayni damda futbol tarixidagi eng qimmat transfer Neymarning xaridi hisoblanadi. PSJ klubi braziliyalik uchun "Barselona"ga 222 mln. evro o‘tkazib berdi. Agar Kataloniya klubi "Liverpul"ga xabarlarda ko‘rsatilgan mablag‘ni to‘lasa, Koutino futbol tarixidagi eng qimmat ikkinchi transferga aylanadi. Hozircha bu o‘rin Pol Pogbaga (105 mln. evro) tegishli.

Manba: Championat.asia

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Koutino futbol tarixidagi eng qimmat ikkinchi futbolchi bo‘ladi