Zinedin Zidandan fantastik ko‘rsatkich

  • 09 avgust 2017, 17:06
  • 3 373
  • Sport
  • Zinedin Zidandan fantastik ko‘rsatkich
    Madridning "Real" klubi UEFA Superkubogi uchun bahsda "Manchester Yunayted"ni 2:1 hisobida taslim etdi.

    Bu "Qirollik klubi" ustozi Zinedin Zidanning "Real" bosh murabbiyi sifatida qo‘lga kiritgan ikkinchi UEFA Superkubogi. 18 oy oldin "qaymoqranglilar" ustozi sifatida tanishtirilgan fransiyalik mutaxassis hozirgacha madridliklar bilan 2 marta Chempionlar ligasida, 2 marta UEFA Superkubogida, 1 marta LaLigada, 1 marta klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida g‘olib bo‘ldi.

    Darakchi nashrining ma’lum qilishicha, Zinedin Zidan o‘rtacha har 14,7 ta uchrashuvdan so‘ng sovrin qo‘lga kiritmoqda va bu har qanday murabbiy uchun fantastik natija!

    » » Zinedin Zidandan fantastik ko‘rsatkich