Luis Enrike: Messi yo‘qligida ham har doimgi uslubda o‘ynashni davom ettiramiz

  • 27 sentyabr 2015, 14:30
  • 4 183
  • Sport
  • Luis Enrike: Messi yo‘qligida ham har doimgi uslubda o‘ynashni davom ettiramiz

    “Barselona” jamoasi bosh murabbiyi Luis Enrike Lionel Messining “Las-Palmas”ga qarshi uchrashuvda jiddiy jarohat olib, 2 oyga safdan chiqqaniga o‘z munosabatini bildirib o‘tdi.

    “Men hamisha futbolchilarimning jarohatlanishidan qayg‘uga tushaman. Ayniqsa bu Messi bo‘lsa xavotirim ortiqroq bo‘ladi.

    Lekin biz buni to‘g‘ri qabul qilishimiz, jarohatlar futbolning bir qismi ekaniga ko‘nishimiz kerak. Jamoa Messi yo‘qligida boshqa uslubda o‘ynab turmaydi, avvalgidek hujumkor o‘yin namoyish etishda davom etamiz. Messi o‘yin uslubimizda muhim ahamiyatga ega bo‘lsada, boshqa vositalar bilan uning yo‘qligida ham shu uslubni saqlab qolamiz va jamoa bir butun bo‘lib olg‘a harakat qiladi”, deydi Enrike.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Luis Enrike: Messi yo‘qligida ham har doimgi uslubda o‘ynashni davom ettiramiz