«Manchester Siti» APLda o‘zining ketma-ket 18-g‘alabasiga erishdi. Bu safargi qahramon Rahim Sterling

  • 28 dekabr 2017, 08:01
  • 3 424
  • Sport
  • «Manchester Siti» APLda o‘zining ketma-ket 18-g‘alabasiga erishdi. Bu safargi qahramon Rahim Sterling
    Angliya Premer-Ligasida yetakchi bo‘lib turgan «Manchester Siti» 20-turni ham 3 ochko bilan yakunladi.

    Rafael Benites boshqaruvidagi «Nyukasl» maydoniga tashrif buyurgan «shaharliklar»ga Rahim Sterling tomonidan urilgan yagona gol yordam berdi. Endilikda Gvardiola shogirdlari eng yaqin ta’qibchi hisoblangan «Manchester Yunayted»dan 15 ochkoga ilgarilab ketgan.

    «Siti» bitta davra doirasida barcha jamoalar bilan o‘ynab chiqishga ulgurdi. Bunda faqatgina «Everton» futbolchilari Manchester shahri jamoasi bilan durang o‘ynay oldi. «Siti» qolgan barcha o‘yinlarni o‘z foydasiga hal qildi. Hozircha faqatgina «Bornmut» klubi har ikki o‘yinda ham taslim qilingan — 2:1, 4:0.

    «Shaharliklar» navbatdagi turni 31 dekabr kuni «Kristal Pelas»ga qarshi o‘tkazadi. Tomonlarning birinchi davra o‘yinida Gvardiola boshqaruvidagi manchesterlik futbolchilar 5:0 hisobida zafar quchgandi.

    Bugun — 28 dekabr kuni bo‘lib o‘tadigan «Kristal Pelas» — «Arsenal» o‘yini bilan APLda 20-tur bellashuvlariga yakun yasab beriladi.

    Angliya Premer-Ligasi

    20-tur bellashuvlari

    27 dekabr, chorshanba


    «Nyukasl» — «Manchester Siti» 0:1
    Gollar
    : Rahim Sterling, 31 (0:1).

    28 dekabr, payshanba

    «Kristal Pelas» — «Arsenal» 01:00


    » » «Manchester Siti» APLda o‘zining ketma-ket 18-g‘alabasiga erishdi. Bu safargi qahramon Rahim Sterling