22:12 / 08.02.2018
3 661

OFK mutaxassislarining O‘zbekistonga tashrifidan nima maqsad ko‘zlangan?

OFK mutaxassislarining O‘zbekistonga tashrifidan nima maqsad ko‘zlangan?
Bugun Osiyo futbol konfederatsiyasining mutaxassislari — Joyern Shlim va Marsel Isakovich yurtimizga tashrif buyurdi.

Joyern Shlim va Marsel Isakovich aslida Germaniya Bundesligasida faoliyat yuritadi. OFK futbol klublarining faoliyatini rivojlantirishda Yevropa tajribasidan foydalanish maqsadida Joyern Shlim va Marsel Isakovich kabi malakali mutaxassislarni Osiyo klublariga jalb qilmoqda.

OFK tomonidan yuborilgan mutaxassislar 12 fevralga qadar mamlakatimizning 4 ta klubi — “Paxtakor”, “Lokomotiv”, “Bunyodkor” va “Dinamo” klublarida bo‘lishadi. Ular bu klub vakillarining litsenziyalash borasida amalga oshirayotgan chora-tadbirlari bilan yaqindan tanishib, ularga o‘zlarining amaliy maslahatlarini berishadi.

Ma’lumot o‘rnida aytib o‘tamiz, O‘zbekiston MOQ Prezidenti va O‘FA birinchi vitse-prezidenti Umid Ahmadjonov OFK prezidenti Shayx Salmon bin Ibrohim al-Xalifa bilan uchrashuvida OFKning yetuk mutaxassislarini yurtimizga olib kelish va ularning tajribalaridan foydalanish borasida kelishuvga erishgandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » OFK mutaxassislarining O‘zbekistonga tashrifidan nima maqsad ko‘zlangan?