10:57 / 27.03.2018
2 499

Ravshan Haydarov: “Keniyaga qarshi o‘yinlar biz uchun katta tajriba maktabi bo‘ldi”

Ravshan Haydarov: “Keniyaga qarshi o‘yinlar biz uchun katta tajriba maktabi bo‘ldi”
O‘zbekiston – Keniya (1:0) bahsidan so‘ng o‘tkazilgan matbuot anjumanida o‘zbekistonliklar bosh murabbiyi Ravshan Haydarov va himoyachi Doston Tursunovlar ishtirok etishdi.

Ravshan Haydarov: "Vodiyda 2 ta ajoyib bahsga guvohi bo‘ldik. Jamoamiz uchun ancha foydali bo‘lgan bellashuvlarni kuzatdik. Mana shunday o‘yinlarni tashkillab bergan O‘FA rahbariyatiga jamoa nomidan rahmat deyman. Shu qatori bizning taklifimizga rad javobini bermasdan, O‘zbekistonga kelgan keniyaliklarga ham o‘z minnadorchiligimni bildiraman. Birinchi marta Afrika termalaridan biri bilan o‘ynadik. Bu katta tajriba maktabi bo‘ldi.

Boshqa o‘yinda bunday muhitni topish qiyin deb o‘ylayman. Keniya OTJ menga juda yoqdi. Uchrashuv borasida gapiradigan bo‘lsam, o‘yinni nazorat qilib bordik va chiroyli futbol namoyish etdik. Tarkibdagi o‘zgarishlar ham bahsni kuchaytirdi. Andijondagi o‘yinda yo‘l qo‘yilgan xatolarni takrorlamaslikka intildik. Shogirdlarimning o‘yinidan qoniqdim. Yana bir narsani alohida e’tirof etmoqchiman, bizning asosiy vazifamiz MTJmizga o‘yinchi yetkazib berish hisoblanadi. Shu o‘rinda, “Istiqlol” stadionidagi ajoyib tashkilotchilik uchun ham farg‘onaliklarga katta rahmat aytib qolaman", - deydi Haydarov

Doston Tursunov: "G‘alaba uchun oxirigacha harakat qildik. Murabbiylarning ko‘rsatmalariga amal qilganimiz ancha foyda keltirdi. Birinchi o‘yinda biroz natijalar o‘xshamadi. Chunki tarkibda yangi futbolchilar ko‘p edi. Farg‘onadagi ikkinchi o‘yingacha jamoa yanada jipslashdi. Keniya ham yaxshi jamoa ekan. Ikkinchi bo‘lim oxirida jamoaviy hujumga o‘tdik va bu o‘z samarasini berdi".

Manba: The-uff.com

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Ravshan Haydarov: “Keniyaga qarshi o‘yinlar biz uchun katta tajriba maktabi bo‘ldi”