Ispaniya chempionatining 6-turidan oʻrin olgan “Sevilya” – “Real” uchrashuvi oʻz nihoyasiga yetdi. “Ramon Sanches Pisxuan” stadionida boʻlib oʻyinda mezbonlar yirik hisobdagi gʻalabani qoʻlga kiritdilar.
Birinchi boʻlim mezbonlarning ketma-ket hujumlari bilan boshlandi va bu esa tez orada oʻz samarasini berdi. 16-daqiqada Xesus Navas osonlik bilan raqib jarima maydoniga kirib bordi va qulay imkoniyatda turgan Andre Silvaga toʻpni uzatdi, oʻz navbatida portugaliyalik futbolchi darvozabonning yaqin burchagini aniq nishonga olib, jamoasini oldinga olib chiqdi.
Madridliklar oʻzlariga kelishga ulgurmay yana gol oʻtkazib yubordilar, 21-daqiqada mezbonlar qarshi hujumni muvaffaqiyatli yakunladilar. Navas yana oʻng qanotdan jarima maydoniga yorib kirdi va darvoza tomon kuchli zarba yoʻlladi, uning zarbasini Tibo Kurtua qaytarib yubordi, biroq qaytgan toʻpni Silva boʻsh qolgan darvozaga aniq yoʻllab jamoasining va oʻzining ikkinchi golini urdi.
Shundan soʻng ham “Sevilya” hujum qilishdan toʻxtamadi, madridliklarni maydonda tanib boʻlmadi.
39-daqiqada mezbonlar endi standart vaziyatni golga aylantirdilar: burchak zarbasidan soʻng bir nechta uzatmalar orqali toʻp Vissam ben-Yedderga kelib tushdi, hujumchi esa toʻpni toʻxtatib oʻtirmay raqib darvozasiga joylab qoʻydi.
Ikkinchi boʻlim ham mezbonlarning ustunligida boshlandi va madridliklar jarima maydoni atrofida bir qator xavfli vaziyatlar yuzaga keldi. Biroq mehmonlarda vaziyatlar boʻldi, ularning birida Garet Beyl raqib posboni bilan birga-bir vaziyatda chiqib foydalana olmadi. Luka Modrichning goli esa videotakrorlardan soʻng bekor qilindi.
Buning ustiga oʻyin tugashi arafasida Marselo jarohat olib maydonni tark etishga majbur boʻldi va uchta almashtirishdan foydalanib boʻlgan “Real” qolgan vaqtni oʻnta boʻlib oʻtkazishga majbur boʻldi.
Shu tariqa, “Real” La Liga yangi mavsumidagi ilk magʻlubiyatini tan oldi va turnir jadvalida “Barselona”ni quvib oʻtish imkonyatidan maxrum boʻldi.
La Liga, 6-tur
Sevilya – Real Madrid 3:0 (3:0, 0:0)
Gollar: 1:0 – 17 Andre Silva, 2:0 – 21 Andre Silva, 3:0 – 39 Ben-Yedder.
Sevilya – Vaslik, Kyer, Gomes, Arana (Nolito, 85), Karrisu, Sarabiya, Navas, Vaskes, Banega (Mesa, 90), Andre Silva, Ben-Yedder (Promes, 69).
Real Madrid – Kurtua, Varan, Marselo, Nacho (Vaskes, 59), Ramos, Modrich (Sebalos, 70), Kazemiro, Asensio, Kroos, Beyl, Benzema (Dias, 59).
Ogohlantirishlar: Beyl (27), Vaskes (34), Kroos (64), Modrich (65), Banega (74), Sarabiya (79), Dias (87).
Manba: www.uff.uz “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi
Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video)
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi