22:13 / 30.09.2018
5 261

Mayk Tayson Hindistonga tashrifi davomida nochor hayotni “koʻklarga koʻtardi”

Mayk Tayson Hindistonga tashrifi davomida nochor hayotni “koʻklarga koʻtardi”
Amerikalik sobiq bokschi Mayk Tayson Hindistonning Mumbay shahriga tashrif buyurib, u yerdagi nochor hayotga izoh bergan. Bu haqda Economic Timesʻga tayanib “Kun.uz” nashri maʼlum qildi.

“Oʻylashimcha, qanchalik kambagʻal boʻlsang, shuncha yaxshi boks tushasan. Eng muvaffaqiyatli jangchilar xarobalardan chiqqan. Nochor bokschilar katta natijalarga erishishadi”, deb aytgan 52 yoshli Tayson.

Tayson Hindistonga aralash yakkakurash (MMA) musobaqasi Kumite 1 League ochilishiga kelgan. Sobiq bokschi jurnalistlar bilan muloqot vaqtida faoliyati boshida tanlov boʻlganda MMA bilan shugʻullanmagan boʻlishini aytgan.

“MMAʻda juda kam haq toʻlanadi, men esa har doim pul ortidan borganman”, deb taʼkidlab oʻtgan Tayson.

Bokschi professional faoliyatini 2005 yilda yakunlagan. Tayson ogʻir vazn toifasida 1987 yildan 1990 yilgacha mutlaq jahon chempioni hisoblanadi. U 58 ta jang oʻtkazib, 50 ta gʻalabaga erishgan. “Temir Mayk” ogʻir vazn toifasida chempion boʻlgan tarixdagi eng yosh bokschi hisoblanadi. U bu natijaga erishganda 20 yil 4 oy va 22 kunlik yoshda boʻlgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Mayk Tayson Hindistonga tashrifi davomida nochor hayotni “koʻklarga koʻtardi”