Bugun, 7 oktyabr kuni Namangandagi “Markaziy” oʻyingohda Namanganning “Navbahor” klubining yangi bosh murabbiyi etib tayinlangan Andrey Kanchelskisning taqdimot marosimi oʻtkazildi.
“Sports.uz” nashri xabariga koʻra, tadbirda Namangan viloyati hokimi, viloyat futbol assotsiatsiyasi prezidenti Xayrulla Bozorov jamoaga yangi bosh murabbiy Andrey Kanchelskisni tanishtirgan va unga toʻn kiydirilgan.
Foto: PCF “Navbahor”
Hozircha “Navbahor” klubi va murabbiy oʻrtasidagi kelishuvning boshqa jihatlari maʼlum emas.
Shuningdek, avvalgi bosh murabbiy Ilhom Moʻminjonovning isteʼfosi boʻyicha izoh berilmagan.
Ayni vaqtda “Navbahor” Oʻzbekiston Superligasida ikkinchi bosqichda chempionlik uchun kurashayotgan jamoalar qatorida boʻlib, 21 ochko bilan uchinchi oʻrinda joylashgan. Jamoa birinchi oʻrinda ketayotgan “Lokomotiv”dan 6 ochko, ikkinchi oʻrindagi “Paxtakor”dan esa 3 ochko ortda bormoqda.
Maʼlumot uchun, Andrey Kanchelskis 1991-1995 yillarda “Manchester Yunayted” sharafini himoya qilgan. Murabbiylik faoliyatida “Torpedo ZIL”, “Ufa”, “Volga NN”, “Yurmala” va “Solyaris” klublarini boshqargan. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi