21:53 / 23.11.2018
6 066

Goʻsht yemaydigan dunyoning 5 futbol yulduzi

Goʻsht yemaydigan dunyoning 5 futbol yulduzi
Sportchilar har doim yuqori yuklamalarni oʻziga qabul qiladi va shu boisdan ular ovqatlanish kompleksiga toʻgʻri rioya qilishlari kerak. Mana shu boisdan dunyoning deyarli barcha klublarida diyetologlar va oshpazlar ish olib borishadi.

Undan tashqari, har bir inson oʻz shaxsiyatiga ega va ular oʻz hayotini oʻzidan kelib chiqqan holda yaratadi. Futbolchilar ham inson. Ularda ham oddiy insonlar kabi vegetarianlari boʻladi. Mana asosiy 5 misol:

FABIAN DЕLF - “Manchester Siti”, 28 yosh. Yarim himoyachi

Markaziy yarim himoyachi “Manchester Siti”ning oʻtgan mavsumdagi yutuqlarida asosiy rollardan birini oʻynadi. Jamoaning chap qanotida muammolar paydo boʻlganidan soʻng u oʻzi uchun noqulay pozitsiyada ancha vaqt faoliyat olib bordi. Biroq natijalar yomon emas. 22 oʻyinda 1 gol va 2 assistentlik.

Undan tashqari Delf nafaqat “Siti”, balki Angliya termasida ham yaxshi oʻyin koʻrsatdi. JCHda u termasi tarkibida 4 oʻyinda qatnashdi.

U oʻz yutuqlarining asosiy omili sifatida goʻshtli ovqatlardan voz kechganini taʼkidlaydi. Fabian vegetarianlikka 2017 yilning yakunlarida oʻtgan va bundan umuman afsuslanmaydi.

“Yangicha turmush tarzim yanada yuksakroqqa chiqishimga va muvaffaqiyatlarga erishishimni taʼminlaydi. Bu qarorim meni har tomonlama kuchli qildi”, - dedi Delf.

JЕRMЕYN DЕFO - “Bornmut”, 36 yosh. Hujumchi

“Qariya” Defo APLda eng koʻp gol urgan futbolchilar reytingida 7-oʻrinni egallab turibdi. U ushbu turnirda 500dan oshiq oʻyinlarda qatnashgan. Milliy terma libosida esa 100ga yaqin bahslarda maydonga tushgan.

Hozirda 36 yoshli futbolchi “Bornmut” tarkibida oʻynamoqda. U jamoada 24 oʻyinda qatnashdi va 4 gol urdi. Bu mavsumda u har doim ham maydonda koʻrinish bermayapti (3 oʻyinda qatnashdi). Uning amaldagi shartnomasi 2020 yilgacha moʻljallangan.

Uzoq yillik faoliyati davomida Defo top-darajasini ushlab tura oldi. Jermeyn vegetarianlikka ushbu yilning boshida oʻtdi. Goʻsht yemaslik orqali u APLda yanada jangovorroq oʻynashiga, murabbiylar talab qilgandek boʻlishiga, shartnomasi yakunlangunicha “Bornmut”da qolishiga va ortiqcha vazn toʻplamasligiga ishonadi.

“Barcha futbolchilar oʻz tempini saqlab qolishga intiladi. Ishoning, maydonda oyoqlaringiz oʻzidan oʻzi harakatlanishidan ortiqroq yaxshi hissiyot yoʻq. Krioterapiya, massaj seanslarini oʻtkazib yubormaslikka harakat qilaman, shuningdek, ovqatlanishimga ham alohida eʼtibor beraman. Oyimnikiga mehmonga borsam, dasturxon har doim goʻshtli maxsulotlarga toʻla boʻladi. Biroq men oʻzimni bundan tiya olaman”, - dedi Defo.

EKTOR BЕLYERIN - “Arsenal”, 23 yosh. Himoyachi

Dunyo futboli tarixidagi eng yaxshi transferlardan biri boʻlgan Ektor Belyerin goʻsht maxsulotlarini yemaydi.

Ektor bunga oʻtganiga unchalik koʻp vaqt boʻlmadi. Bu qarorga kelishga asosiy sabab - tanasida ortiqcha vaznning kelib chiqishi. Belyerin vegetarianlikka oʻtganidan keyin oʻzini yanada erkinroq his qila boshladi va goʻshtli mahsulotlarni yeyish fikridan qaytdi.

“Odam qanchalik yoshi kattalashib borsa, shunchalik koʻp ovqat yer ekan. Yakunda men shuni tushundim, goʻsht yeyishdan voz kechish kerak. Men vegetarianlar haqida koʻp oʻqidim va hatto har doim oʻsimlik mahsulotlarini tanovul qiladigan Devid Xey bilan suhbatlashdim. Dastlabki asosiy maqsadim - uch hafta davomida goʻshtli mahsulotlar yemaslik boʻldi. Shundan keyin oʻzimni yaxshiroq his qildim va boshqa goʻsht yemaslikka qaror qildim. Mushaklarim yanada tezroq tiklanishni boshladi. Jarohatlar ham kamroq bezovta qildi”, - dedi Belyerin.

SЕRXIO AGUERO - “Manchester Siti”, 30 yosh. Hujumchi

Zamonamizning eng yaxshi forvardlaridan biri Serxio Aguero 2015 yilda ilk marta vegetarianlikka murojaat qilgan. Oʻsha vaqtda u oʻzining navbatdagi jarohatini davolash uchun Italiyaga borgandi. Oʻshanda shifokorlar unga jarohatdan tuzalish biroz tezlashishi uchun hech boʻlmasa bir qancha vaqt goʻshtli mahsulotlarni yeyishdan tiyib turishni maslahat bergandi.

Oʻtgan mavsumda Aguero tizzasidan jarohat olganidan keyin yana bir marta vegetarianlikka murojaat qildi. Jahon chempionati arafasida esa goʻshtli mahsulotlardan umuman voz kechdi.

Futbol bashoratchilari Aguero mundialda qatnashmasligini aytishgandi. Biroq futbolchi bu fikrlarga qarama-qarshi ravishda mundialning toʻrt oʻyinida qatnashdi va 2 ta gol urdi.

LЕO MЕSSI - “Barselona”, 31 yosh. Hujumchi

“Oltin toʻp”ning 5 karra gʻolibiga ortiqcha tarif kerak emas. Bunday maqolalarda jurnalistlar Messi haqida koʻp ham gapirishmaydi, chunki u qanday insonligini barcha biladi.

Ammo hamma ham Messining nima uchun yuqori texnikaga ega ekanligini, garchi raqib himoyachilari qoʻpol oʻynashsa-da, juda kam jarohat olishi haqida oʻylashmaydi. Messining oʻzi buning asosiy sababi sifatida vegetarianlikni keltiradi.

Messi 2014 yil mashhur diyetolog Juliano Pozerga murojaat bilan chiqadi. Bu odam bunga qadar Messining tezkorlik sifatlariga jiddiy toʻsqinlik qilayotgan ortiqcha 3 kilogrammni bir necha oy davomida yoʻqotishda yordam bergandi. Futbolchining sport hayotidagi eng asosiy qarori - pissa yeyishdan voz kechgani boʻldi, bunga Pozer maslahat bergandi. Leo asosan yogʻ, donli mahsulotlar, mevalar va sabzavotlar isteʼmoliga katta eʼtibor beradi.
Mirjalol Normatov tarjimasi

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Goʻsht yemaydigan dunyoning 5 futbol yulduzi