Yangi mavsum oldidan PFL va O‘FA klublar oldiga yana futbol akademiyalarini tashkil etish talabini qo‘ydi.
Shunga monand endilikda “Mash’al” jamoasi ham futbol maktabini yana futbol akademiyasiga aylantirib yanada shakllantirish borasida jiddiy o‘zgarishlarga qo‘l urmoqda. Ayni vaqtda akademiyada yangi oshxona va 100 o‘rinli yotoqxona yangidan ta’mirlanib mavsumga shay holatga keltirildi.
Shuningdek, dam olish xonalari, o‘qish va kompyuter hamda murabbiylar xonalari ham akademiya tarbiyalanuvchilari xizmatida bo‘ladi. Akademiya ixtiyoriga 3 ta tabiiy va 5 ta sun’iy maydon ham kiradi.
Bulardan tashqari “Mash’al” futbol akademiyasida tez kunda Portugaliyadan Miguyel Joao Kosta Lemos Moreira va Zimbabvedan Munemo Hebert Maruva murabbiylik faoliyatini boshlashiga yaqin turishibdi.
O‘zbek futboliga o‘chmas nomlar-u yulduzlarni chiqarishda fabrika bo‘lgan “Mash’al” klubi futbolimizning mustahkam poydevori bo‘lishiga shubhamiz yo‘q! “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi