10:03 / 10.01.2019
2 746

«Manchester Siti» «Byorton» darvozasiga javobsiz 9 ta gol urdi

«Manchester Siti» «Byorton» darvozasiga javobsiz 9 ta gol urdi
10 yanvar, payshanba kuni futbol bo‘yicha Angliya Liga Kubogining 1/2 finalining ikkinchi bahsi bo‘lib o‘tdi.
Ikkinchi yarim final juftligi uchrashuvida «Manchester Siti» o‘z maydonida «Byorton» jamoasini qabul qildi.

1-bo‘limning 5-daqiqasida Kevin De Bryuyne hisobni ochdi (1:0). O‘yinning 30 va 34-daqiqalarida Gabriel Jezus raqib darvozasiga ikkita to‘p kiritib, dublga erishdi. (3:0). 37-daqiqada Aleksandr Zinchenko hisobni 4:0 ko‘rinishiga olib keldi va tomonlar qisqa tanaffusga yo‘l oldi.

2-bo‘limning 57-daqiqasida Gabriel Jezus het-trikka erishdi (5:0). 67-daqiqada esa Fil Foden Bredli Kollins qo‘riqlayotgan darvozaga gol urgan bo‘lsa (6:0), oradan hech qancha vaqt o‘tmay (65) Gabriel Jezus jamoaning 7-goliga mualliflik qildi va poker qayd etdi. 70-daqiqada «shaharliklar»ning yana bir o‘yinchisi Kayl Uoker «Byorton» darvozasini aniq mo‘ljalga oldi (8:0). Uchrashuvning so‘nggi goli 83-daqiqada Riyad Marez tomonidan kiritildi (9:0).

Shu tariqa «mankunianlar» musobaqa yarim finalining dastlabki o‘yinida yirik hisob qayd etib, finalga yo‘llanmani deyarli naqd qildi.
Eslatib o‘tamiz, musobaqaning yarim final birinchi uchrashuvida «Tottenhem»klubi «Chelsi» jamoasi ustidan g‘alaba qozondi (1:0).

Angliya Liga Kubogi
1/2 final bahsi
10 yanvar, payshanba
«Manchester Siti» – «Byorton» 9:0
Gollar:
1:0 – 5 De Bryuyne, 2:0 – 30 Jezus, 3:0 – 34 Jezus, 4:0 – Zinchenko, 5:0 – 57 Jezus, 6:0 – 62 Foden, 7:0 – 65 Jezus, 8:0 – 70 Uoker, 9:0 – 83 Marez.
«Manchester Siti»: Murich, Uoker (Danilo, 74), Otamendi, Zinchenko, Garsia, De Bryuyne (Foden, 58), Gundog‘on, Silva, Marez, Jezus, Sane (Silva, 66).
«Byorton»: Kollins, Breyford, Terner, Bakston, Hatchinson, Velles, Akins, Allen (Foks, 68), Fraser (Sharra, 79), Harness, Boys (Templton, 68).

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » «Manchester Siti» «Byorton» darvozasiga javobsiz 9 ta gol urdi