O‘zbekiston milliy terma jamoasi sardori Odil Ahmedov Avstraliyaga qarshi o‘yin oldidan O‘FA Matbuot xizmatiga o‘z fikrlarini bildib o‘tdi.
"Yaponiyaga qarshi terma jamoamiz yaxshi o‘ynadi. Ammo mag‘lubiyatga uchrash hamisha yoqimsiz. Futbolda g‘alaba bilan mag‘lubiyat yonma-yon yuradi. Terma jamoada ichki muhit a’lo darajada, barcha keyingi o‘yinga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Oldinga qarab intilish kerakligini barcha yaxshi tushunib turibdi. 21 yanvar kuni bizni juda muhim o‘yin kutib turibdi, bu uchrashuvda faqat g‘alaba uchun maydonga tushamiz, boshqa yo‘l yo‘q.
Osiyo Kubogining amaldagi sohibini taslim etish oson emas, albatta. Avstraliya kuchli terma jamoa. Ammo katta ishtiyoq evaziga Avstraliya to‘sig‘idan o‘ta olamiz, deb o‘ylayman. Ortimizda butun O‘zbekiston qo‘llab-quvvatlab turganini his qilmoqdamiz. Bu bizga juda katta kuch bermoqda. Ilojsiz narsaning o‘zi yo‘q!", - dedi Odil Ahmedov. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiyada amerikalik askar o‘g‘rilikda ayblanib qo‘lga olindi
Prezident Mirziyoyev Moskva paradidagi ishtirokidan so‘ng Toshkentga qaytdi
OAV: Markaziy Osiyo davlatlari dronlar bilan qurollanmoqda
Apple yangi iPad Air va iPad Pro taqdimotini o‘tkazdi
Toshkentda o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan shaxslar ushlandi
Fuqaro foydasiga 130 million so‘m undirildi
TikTok AQSH hukumatini sudga berdi
Dollar kursi yana «sakradi»