Timur Kapadzening otasi Toxir Kapadze O‘zbekiston OTJ Parij-2024 Olimpiadasiga yo‘llanma olganiga o‘z munosabatini bildirdi.
"Albatta, har bir ota bolasining xursandchiligiga sherik bo‘lishni istaydi. Olimpiada yo‘llanmasini qo‘lga kiritishdi. Avval ham aytganimdek bu yigitlarni tarbiyalagan ota-onalari, ustozlariga rahmat. Ajoyib jamoa qilishdi. Endi hammaning ko‘zi ularda bo‘ladi. Olimpiadada ham guruhdan chiqib, sovrinli o‘rinlarni egallashlari mumkin. Lekin u yerga borishning o‘zi katta mehnat. Omadlarini bersin, Yevropa jamoalarida to‘p tepishsin.
Murabbiy bo‘lish oson emas. Biroq Timur futbolchilik faoliyatidayoq murabbiylik layoqatini ko‘rsatishni boshlagandi. Qiziqardi, yozardi. O‘yinni tahlil qilishga qiziqishi yuqori bo‘lgan. Biz ishlagan davr bilan solishtirish qiyin. Hozir hamma narsa zamonaviy. Yaxshi tayyorgarlik ko‘rmasangiz, raqiblarni o‘rganmasangiz o‘z-o‘zidan natija kelmaydi.
Timur futbolchilikni tugatishi bilan O‘zbekiston terma jamoasini berishdi, Urugvaylar bilan o‘ynashdi. "Lokomotiv" o‘rinbosarlari bilan chempion, "Qo‘qon-1912"ni saqlab qoldi. Demak, iqtidori bor. "Olimpik"ni noldan boshladi. Rahbariyat ishondi. Xudo xohlasa bu boshlanishi.
Nasib qilsa, 2026 yilgi Jahon chempionatiga borishimiz kerak, chunki bazamiz bor. Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyev barcha sharoitlarni yaratib bermoqda. Olimpiada kelajak uchun yaxshi turtki bo‘ladi.
Yaponiya bilan ham o‘yin tomonlama yutqazishmadi. 11 metrlik bu lotoreya. Xafa bo‘lishimiz kerak emas. Jamoada hammaning o‘z o‘rni bor. Qaysidir ma’noda legionerlarning yo‘qligi sezildi. Duo qilaylik Olimpiadada yaxshi natijalar ko‘rsatishsin. Bu yigitlar o‘zbek futbolining kelajagi", - deydi Toxir Kapadze. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi
BAAda isroillik ravvin o‘ldirib ketildi
Rossiya armiyasining «Janub» qo‘shinlar guruhi qo‘mondoni lavozimidan chetlatildi
Tayvanning sobiq prezidenti Ukraina borasida kutilmagan bayonot berdi
Isroilning Iordaniyadagi elchixonasi yonida otishma yuz berdi
Raqamli dalillarni sudga taqdim etish tartibi tasdiqlandi
Shahram G‘iyosovning Eymantas Stanionisga qarshi jangi sanasi ma’lum bo‘ldi