
"Roma" Yevropa ligasida yarim finalida "Bayer"ga mag‘lub bo‘ldi. Ammo klub bu yergacha yetib kelishining o‘zi ham katta ishdir. Sababi, rimliklar og‘ir mavsum o‘tkazayotgandi, lekin jamoa afsonasi Daniyele de Rossi vaziyatni o‘nglay oldi.
Yarim finaldagi mag‘lubiyatdan keyin italiyalik murabbiy o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
"Bir yil oldin meni B Seriya klubi iste’foga chiqargandi. Endi o‘z jamoam bilan faxrlanishim mumkin. Bugun zo‘r ishladik. Men har kuni o‘rganishda davom etaman. "Bayer"ni esa tabriklayman", - dedi De Rossi.
"Roma" kelasi mavsum Chempionlar ligasida o‘ynash uchun kurashmoqda. "Bo‘rilar" hisobida 60 ochko bor va ular A Seriya turnir jadvalida 6-o‘rinda borishmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.