13:38 / 10.05.2024
143

O‘zbekiston elchixonasi Dehli aeroportida 5 kg oltin bilan ushlangan fuqarolarga bog‘liq holatni nazoratga oldi

O‘zbekiston elchixonasi Dehli aeroportida 5 kg oltin bilan ushlangan fuqarolarga bog‘liq holatni nazoratga oldi
Foto: The Indian Express
Hindiston aeroportida ikki nafar o‘zbekistonlik 5 kilo oltin bilan ushlangani to‘g‘risida xabar berilgandi. “Dunyo” agentligining yozishicha, Dehlidagi elchixona tomonidan o‘zbekistonliklar bilan bog‘liq surishtiruv jarayoni nazoratga olingan.

6 may kuni Dubaydan Dehliga uchib kelgan ikki nafar o‘zbekistonlik fuqaro tilla quymalarini Hindiston hududiga noqonuniy yo‘l bilan olib kirishga urinayotganda qo‘lga olingan. Hozir ularga nisbatan surishtiruv ishlari o‘tkazilmoqda.

Mamlakatning Dehlidagi elchixonasi tomonidan O‘zbekiston fuqarolari bilan bog‘liq surishtiruv jarayoni nazoratga olingan va Hindistonning masʼul huquq-tartibot idoralari bilan ishchi aloqalar o‘rnatilgan. Shuningdek, vaqtincha hibsga olingan vatandoshlar bilan uchrashuv o‘tkazish choralari ko‘rilmoqda.

Diplomatik missiya o‘zbekistonliklardan xorijga, jumladan, Hindistonga safar qilish chog‘ida chet davlatlar qonunchiligi talablariga qatʼiy rioya qilishga, turli shubhali guruhlar yoki shaxslarning yolg‘on vaʼdalariga aldanib qolmaslikka, samolyotga chiqish oldidan begona kishilardan yuk yoki buyumlar olmaslikka chaqiradi.

Hindistonda turli kutilmagan noxush hollarga tushib qolgan fuqarolar tezkor va samarali konsullik-huquqiy yordam olish uchun elchixona konsullik bo‘limiga +91 11 2467 0774/75 telefon raqami, ин[email protected], @consuluzbindia_bot Telegram boti orqali murojaat qilishi mumkin.

2023 yil aprel o‘rtalarida Hindistonda Indira Gandi aeroportidan 3,2 kilogramm oltinni noqonuniy olib o‘tmoqchi bo‘lgan o‘zbekistonlik erkak ushlangan edi. O‘zbekiston fuqarosi Dubay reysini amalga oshirish uchun Chandigarh aeroportiga qochib ketgan payti qo‘lga tushgan. Avgust oyida esa Hindiston aeroportida sakkiz nafar o‘zbekistonlik 5 kilo tilla zanjirlar bilan qo‘lga tushgandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » O‘zbekiston elchixonasi Dehli aeroportida 5 kg oltin bilan ushlangan fuqarolarga bog‘liq holatni nazoratga oldi