Foto: Bosh prokuratura huzuridagi departament
Departamentning Mirobod tuman bo‘limi tomonidan DXX xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro A.X. fuqaro J.R.ga Qozog‘istondagi universitetning 2-bosqichini tamomlaganligi haqida qalbaki hujjat tayyorlab berish orqali uni Toshkent shahridagi Farmatsevtika ta’lim va tadqiqot institutiga 3-bosqichdan o‘qishga kiritib qo‘yishi evaziga 2000 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Xuddi shunday, departamentning Yangihayot tuman bo‘limi tomonidan DXX xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro J.I. fuqaro D.D.ga Qozog‘istondagi universitetning 1-bosqichini tamomlaganligi haqida qalbaki hujjat tayyorlab berish orqali uni O‘zbekistondagi universitetlardan biriga 2-bosqichdan o‘qishga kiritib qo‘yishi evaziga 1500 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Shu kabi, departamentning Kattaqo‘rg‘on shahar bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda Kattaqo‘rg‘on shahar Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumi xodimi F.Sh. 2 nafar fuqaroni ushbu texnikumga o‘qishga kiritib qo‘yishi evaziga 1000 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”