12:47 / 10.05.2024
180

Dunyoni kezish istagini uyg‘otadigan, sayohatga ilhomlantiruvchi 5 ta film

Dunyoni kezish istagini uyg‘otadigan, sayohatga ilhomlantiruvchi 5 ta film
Kino bir marta ko‘rishlik bo‘lishi mumkin. Ammo shunday filmlar borki, qayta-qayta tomosha qilganingiz sari, film suratga olingan joylarni o‘z ko‘zingiz bilan ko‘rishni orzu qilasiz.

“Afrikadan” (1985, AQSH)

Sidney Pollakning Afrikani sevib qolishingizga sabab bo‘luvchi ajoyib filmi. Mazkur film “Oskar”ning 7 ta nominatsiyasida g‘olib bo‘lgan. Albatta, bunda Meril Strip, Robert Redford, Klaus Mariya Brandauerning xizmati katta. Aktyorlar mahorati o‘tgan asrning 20—30 yillaridagi Afrika, masai qabilasi, kikuyu, yaguarlar, Afrikadagi quyosh botishi, savannalar, Afrika kengliklari va bu qit’aning barcha go‘zalligi fonida uyg‘unlashib ketgan.

“Mo‘jizalar ta’mi” (2015, Fransiya)

Mazkur filmda Provans bog‘lari, fransuz bahori, tabiat manzaralari, qarsildoq bagetlar, to‘qilgan xarid savatlari, tosh uylar kombinatsiyasi yordamida Fransiyaga sayohat qilish mumkin. Melodrama syujeti juda qiziqarli — bog‘larini yaxshi ko‘radigan mulk egasi va bir oz sirli odam haqidagi film voqealari sizni Fransiya qishloqlaridagi odatiy va samimiy hayotga olib ketadi.

“Chizilgan parda” (2006, AQSH)

Film Somerset Moemning romaniga asoslangan bo‘lib, Greta Garbo ishtirokidagi eski filmning remeyki hisoblanadi. Xitoy, Shanxay, o‘tgan asrning 20 yillari — klassik sevgi uchburchagi, vabo epidemiyasi, bir oz qayg‘uli drama hech kimni befarq qoldirmaydi. Rejissyor Jon Karran mazkur filmni dekoratsiyada suratga olishni xohlamaydi, shu sabab ham sivilizatsiya yetib bormagan Xitoy shahri — Xuan Yaoni topadi. Aytishlaricha, hattoki xitoylik suratga olish guruhi a’zolari ham bu “o‘tmishga tushib qolish”dan hayratlangan. Kartina 2006 yilda yilning eng yaxshi filmlari o‘ntaligiga kiritilgan.

“Monako malikasi” (2014, AQSH)

Nikol Kidmanning Greys Kelli roli va Monakoning go‘zal manzaralari tomosha qilishga arziydi. Kostyumlar, zargarlik buyumlari, hashamatli mashinalar, manzaralar filmdagi voqealar bilan kontrast hosil qiladi. Mazkur filmda juda dolzarb mavzu — ayollarning mustaqillik uchun kurashi va boshqa muammolar ko‘tarilgan. Film voqealari o‘tgan asrning 60 yillarida sodir bo‘ladi.

“Changalzor” (2017, Avstraliya, Buyuk Britaniya)

Film Ginsbergning Amazon o‘rmonida omon qolish haqidagi kitobiga asoslangan. Sarguzashtlarni yaxshi ko‘radigan qadrdon do‘stlar o‘rmonni o‘rganish uchun Boliviyaga boradi. Ammo ularni bir qancha sinovlar kutib turganidan xabari yo‘q do‘stlar omon qolish uchun qiziqarli sarguzashtlarni boshdan kechirishadi. Rejissyorga Kolumbiyadagi o‘rmon yoqib qolgani sabab film shu yerda suratga olingan. Bosh rolni Deniel Redkliff ijro etgan — aktyor tabiiy ravishda ozib ketgan ko‘rinish uchun ataylab ikki kun och qoladi. Do‘stlar duch keladigan sarguzashtlar juda qiziqarli tasvirlangan, bundan tashqari, Kolumbiya tabiatiga ham qoyil qolasiz.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Dunyoni kezish istagini uyg‘otadigan, sayohatga ilhomlantiruvchi 5 ta film