"Paxtakor" bosh murabbiyi jamoaning Osiyo Chempionlar Ligasi 2-saralash bosqich o‘yiniga tayyorgarligi va yig‘inlar xususida fikrlarini bildirdi.
- Yig‘inlarda qiyinchilikka duch keldik. Chunki yig‘in boshida deyarli yarim jamoa yo‘q edi. To‘liq jamoa yig‘ilganda o‘zimizga kelishni boshladik. Hali yana ko‘p jihatlar ustida ishlashimiz talab etiladi.
Yangi futbolchilar jamoaga tezroq kirishib ketishlariga umid qilaman. Hozir bu jarayon davom etmoqda. Yigitlar mashg‘ulotlarda quvnoq va shu bilan birga professional tarzda ishlashmoqda.
Uchrashuvga tayyorgarlikni yaxshi o‘tkazdik. Raqibimiz jiddiy jamoa, ular OFK Kubogining oxirgi uch mavsumida g‘olib chiqishgan. Bu shunchaki bo‘lmaydi, albatta. "Eyr Fors" jismonan yaxshi shakllangan. Standart vaziyatlarda yaxshi o‘ynashadi. Tarkibida o‘yinni o‘zgartira olishga qodir futbolchilar mavjud. Bizni juda qiyin o‘yin kutib turibdi. Iroqda mavsum qizigan pallaga kirgan. Bu bizning foydamizga emas, ammo g‘alaba qozonish va keyingi bosqichga chiqish uchun bor kuchimizni beramiz. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi