09:14 / 06.04.2019
2 184

Shahobiddin Zoirov professional boksdagi debyutida g‘alaba qozondi (video)

Shahobiddin Zoirov professional boksdagi debyutida g‘alaba qozondi (video)
Rio olimpiadasi chempioni, hamyurtimiz Shahobiddin Zoirov bugun professional boksda debyut jangini o‘tkazdi. Buyuk Britaniyaning “MTK” promouterlik kompaniyasi bilan hamkorlikda faoliyat olib borayotgan yurtdoshimiz dastlabki jangini indoneziyalik Entoni Xoltga qarshi olib bordi.

6 raundga mo‘ljallangan jangning 1 raundi ham tugashga ulgurmadi. Aniqroq qilib aytadigan bo‘lsak, referi yarim daqiqa ichida nokdaund holatini e’lon qildi. 1-raundning 19-soniyasi o‘tib borayotgan payt Zoirov yo‘llagan kuchli zarbani indoneziyalik bokschi o‘tkazib yubordi va yerga qulaganicha, 10 soniya ichida qaytib o‘rnidan ko‘tarilmadi.

Shu tariqa hamyurtimiz professional boksdagi ilk jangida dastlabki daqiqadayoq nokaut evaziga g‘alaba qozonmoqda. O‘xshash jihati Shahram G‘iyosov ham o‘zining biringchi jangida xuddi shunday g‘alabani tantana qilgan edi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Shahobiddin Zoirov professional boksdagi debyutida g‘alaba qozondi (video)