10:20 / 06.04.2019
2 404

Shota Arveladze: "O‘yin oxirida xarakter ko‘rsata oldik" (video)

Shota Arveladze: "O‘yin oxirida xarakter ko‘rsata oldik" (video)
Superliganing 3-turidagi «Paxtakor» – «Nasaf» uchrashuvidan so‘ng "Paxtakor" bosh murabbiyi matbuot anjumanida qatnashdi.

- O‘yinni tribunadan tomosha qilish ajoyib bo‘ldi. Albatta, uch ochko doim muhim. Ammo bugun ham, "Bunyodkor" bilan o‘yinda ham birinchi goldan keyin negadir maydonda dam olishni xohlagandek o‘ynayapmiz. Ikkinchi bo‘limda goldan keyin ko‘p narsa o‘zgardi. "Nasaf"ning qarshi hujumlari juda ham xavfli chiqdi. Ularning asosan qarshi hujumlarda o‘ynashini kutgandik. Ular himoyada o‘ynashdi, sabr qilishdi va hujumlarga o‘tishdi. O‘yin oxirida yana tashabbusga erishdik. Komilovning juda yaxshi zarbasidan so‘ng g‘alabani qo‘lga kiritdik. Futbolchilar xarakter ko‘rsata olishdi.

Futbolchilarni ruhlantirish? Bu Superliga, ularni ruhlantirish shart emas. Oldinda Chempionlar Ligasi o‘yini borligi xalal bergandir, ehtimol. Bunday pallada baribir fikr bo‘linadi.

Bugun Alijonovga dam olish imkoniyatni yaratib berdim. Kam maydonga tushayotganlarga imkoniyat berdim. Rotatsiya qilish oson emas. Barcha yetarlicha potensialga ega. Kozakka o‘z joyi bo‘lmasa ham himoya markazida o‘ynayotgani uchun katta rahmat aytaman. Bu pozitsiyada o‘ynash oson emas. Ayniqsa, bugun tezkor futbolchilarga qarshi o‘ynashga to‘g‘ri keldi.

Simich va A’zamov "Al Sadd" bilan o‘yinga tayyor bo‘lishadimi? Hozircha aniq bir nima deyish qiyin. Krimets o‘ynamaydi, sariq kartochkalari bor. Shu bois markaziy himoya haqida qattiq bosh qotiramiz va zarur qarorga kelamiz.

Muxlislarga rahmat aytaman, ular ajoyib muhit hosil qilishdi. Umid qilamanki "Al Sadd" bilan o‘yinimizda bundan ham ko‘proq odam bo‘ladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Shota Arveladze: "O‘yin oxirida xarakter ko‘rsata oldik" (video)