00:00 / 14.04.2019
3 516

Ko‘zimdagi yosh... («Nasaf»ning yosh futbolchilariga bag‘ishlov)

Ko‘zimdagi yosh... («Nasaf»ning yosh futbolchilariga bag‘ishlov)
Alam bilan boqsam yashil maydonga,
Beg‘ubor yoshligim yugurib yurar.
Yoshligim bilmaydi hali armonga,
Vaqtlar o‘tgan sari ro‘baro‘ bo‘lar.

Qarang, u zavq bilan tepmoqda koptok,
Nazarida umri shunday o‘tadi.
Xayollar surma ko‘p, o‘ylanma yo‘q, yo‘q,
Dema, butun umrim shunday o‘tadi.

Koptogingni olib qo‘yishar sendan,
Yo‘lingni to‘sarlar: «Futbol o‘ynama!».
Bilib qo‘y, ancha farq qilasan mendan,
Shu sabab o‘zingni bekor qiynama.

Nima qilsa qilar qo‘shni bolalar,
Ularga zarracha qilma e’tibor.
Birgina koptoging bir kun teshilar,
Baxtingni o‘zingga qilishmaydi yor.

Seni armon kutar shod bolaligim,
Bu yo‘ldan yurmagin, qayt, maslahatim.
Senga boqsam titrab ketar yuragim,
Visolga yetmaydi bu muhabbatim.

Futbol maydoniga kelma, tur, yo‘qol!
Kuzatsang uzoqdan kuzat, nari tur.
Hatto u haqida surmagin xayol,
U senga bo‘lmaydi ulfat baribir.

Hech kimga qiziqmas ko‘zingdagi yosh,
Bir tomchisiga ham qilishmas parvo.
Og‘rigani qolar faqatgina bosh,
Zotingdan futbolchi chiqmaydi aslo!

Alamlar dastidan yuragim g‘ijim,
Futbol sabab dilni qancha qiynadim.
So‘nggi xitobim shu, ey bolaligim,
Katta bo‘lib qolmay to‘yib o‘ynagin.

... Sen ham hech kimsaga qilmayin parvo
Tanlagan yo‘lingdan ortga qaytmagin!
Nurmuhammad Masharifxo‘jayev, Namangan shahri

Manba: interfutbol.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Ko‘zimdagi yosh... («Nasaf»ning yosh futbolchilariga bag‘ishlov)