Bavariya futbolchisi maoshini sezilarli oshirishni talab qilmoqda

«Bavariya» Konrad Laymer bilan yangi shartnoma bo‘yicha muzokaralarni yakunlay olmadi. Avstriyalik futbolchining amaldagi kelishuvi 2027 yil yozigacha mo‘ljallangan, myunxenliklar esa uni uzoqroq muddatga klubda ushlab qolishni xohlamoqda. Biroq kelishuvga kelish oson bo‘lmayapti. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Bild xabariga ko‘ra, Laymer tomoni bonuslar bilan birga yiliga 15 mln yevro maosh so‘ramoqda, klub esa bundan pastroq taklif bermoqda. Hozirda 28 yoshli futbolchi «Bavariya»da taxminan yiliga 8–9 mln yevro atrofida daromad oladi.
Laymer Vensan Kompani jamoasidagi hozirgi o‘rni va rolini inobatga olib, maoshi oshirilishiga loyiq deb hisoblaydi. 2023 yildan beri «Bavariya» safida o‘ynayotgan yarim himoyachi so‘nggi paytlarda o‘ng qanot himoyachisi sifatida ham maydonga tushmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!