date

Tuxel Angliya terma jamoasini boshqarish orzusi haqida aytdi

Tuxel Angliya terma jamoasini boshqarish orzusi haqida aytdi

Angliya terma jamoasi bosh murabbiyi Tomas Tuxel shartnomasini uzaytirdi. Germaniyalik mutaxassis bilan tuzilgan yangi kelishuv 2028 yilgacha amal qiladi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Tuxel 2021 yilda "Chelsi"ni boshqargan paytida Yevropa chempionati uchrashuvlari "Uembli"da o‘tgani, o‘shanda stadion va butun mamlakatda alohida ruh sezilganini ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, u o‘shanda vakiliga qo‘ng‘iroq qilib, avval "Chelsi" bilan barcha sovrinlarni yutishni, keyin esa Angliya terma jamoasida ishlashni xohlashini aytgan.

Eslatib o‘tamiz, Tomas Tuxel "Chelsi"ni 2021 yil yanvardan 2022 yil sentyabrigacha boshqargan. Angliya terma jamoasidagi lavozimni u 2025 yil boshida qabul qilib olgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Tuxel Angliya terma jamoasini boshqarish orzusi haqida aytdi