Ertaga qaysi hududlarda yomg‘ir yog‘ishi ma’lum bo‘ldi

O'zgidromet prognoziga ko'ra, 9 fevral, dushanba kuni O'zbekistonning qator hududlarida yomg'ir yog'ishi kutilmoqda. Toshkent shahrida kechga tomon yomg'ir yog'adi, Buxoro, Navoiy, Toshkent, Sirdaryo, Jizzax, Samarqand, Qashqadaryo, Surxondaryo va Xorazm viloyatlarining ayrim joylarida ham yomg'ir yog'ishi mumkin.
“O‘zgidromet” 9 fevral, dushanba kuni uchun ob-havo prognozi bilan chiqdi. Unga ko‘ra, hafta boshida O‘zbekistonning qator hududlarida yog‘ingarchilik kuzatilishi mumkin.
Toshkent shahrida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, kechga tomon yomg‘ir yog‘adi. Harorat kechasi 6–8° iliq, kunduzi 14–16° iliq bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasida havo o‘zgaruvchan: ayrim joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qorga aylanishi mumkin) va tuman kutilmoqda. Harorat kechasi 0–5° sovuq, kunduzi 0–5° iliq.
Xorazm viloyatida havo o‘zgaruvchan bo‘lib, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, tuman tushishi mumkin. Harorat kechasi 2° sovuq – 3° iliq, kunduzi 3–8° iliq.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgaruvchan: ayrim joylarda yomg‘ir yog‘ishi, tuman tushishi mumkin. Harorat kechasi 7–12° iliq, kunduzi 12–17° iliq bo‘ladi.
Toshkent, Sirdaryo, Jizzax, Samarqand viloyatlarida havo o‘zgaruvchan: ayrim joylarda yomg‘ir yog‘adi, tuman tushishi mumkin. Harorat kechasi 5–10° iliq, kunduzi 12–17° iliq bo‘lishi kutilmoqda.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgaruvchan bo‘lib, ayrim joylarda yomg‘ir yog‘adi, tuman tushishi mumkin. Harorat kechasi 7–12° iliq, kunduzi 12–17° iliq bo‘ladi.
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarda tuman tushishi mumkin. Harorat kechasi 2° sovuq – 3° iliq, kunduzi 8–13° iliq.
Tog‘oldi va tog‘li hududlarda havo o‘zgaruvchan: yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor), ba’zi joylarda kuchli bo‘lishi mumkin, tuman tushishi ehtimol. Qor ko‘chishi xavfi bor. Harorat kechasi va kunduzi 0–5° iliq bo‘ladi.






























Izohlar 0
…