date

Jezush Ronalduning navbatdagi o'yinda dam olishini aytdi

Jezush Ronalduning navbatdagi o'yinda dam olishini aytdi

"Al-Nasr" bosh murabbiyi Jorje Jezush Krishtianu Ronaldu nega yaqinlashib kelayotgan uchrashuvda maydonga tushmasligini izohladi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Er-Riyod klubi chorshanba kuni OFK Chempionlar ligasi doirasida "Arkadag"ga qarshi bahs olib boradi. Portugaliyalik hujumchi yaqin orada maydonga qaytishi kutilayotgan bo'lsa-da, bu safar ham u jamoa qaydnomasidan joy olmaydi.

Jezushning ta'kidlashicha, zich taqvim sabab Ronaldu va asosiy tarkibdagi yana bir qator futbolchilarga dam berish rejalashtirilgan. Murabbiy bu qarorni shanba kungi muhim liga o'yini — "Al-Fateh"ga qarshi bahs oldidan qabul qilinganini qayd etdi.

"Al Nassr Zone" keltirgan iqtibosda aytilishicha, Ronaldu uchun bunday tanaffuslar yangilik emas: u Saudiya Arabistonidan tashqarida o'tadigan uchrashuvlarni avval ham bir necha bor o'tkazib yuborgan.

Saudiya chempionati doirasidagi "Al-Fateh" — "Al-Nasr" uchrashuvi 14-fevral, shanba kuni bo'lib o'tadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Jezush Ronalduning navbatdagi o'yinda dam olishini aytdi