date

Chempionlar ligasi finali uchun rasmiy to'p taqdim etildi

Chempionlar ligasi finali uchun rasmiy to'p taqdim etildi

Chempionlar ligasida umumiy bosqich yakuniga yetdi. Endi navbat pley-offga: 16 jamoa stykov raundda maydonga tushib, 1/8 final uchun sakkizta yo'llanmani o'ynab beradi. Umumiy bosqichning eng kuchli sakkiz jamoasi esa 1/8 finalga to'g'ridan-to'g'ri chiqib bo'lgan. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Shu orada UEFA Chempionlar ligasi finali uchun mo'ljallangan rasmiy to'pni namoyish qildi. Dizayn asosan to'q ranglarda bo'lib, unda oq yulduzlar aks etgan. To'pni Adidas kompaniyasi ishlab chiqargan.

2025/2026 yilgi mavsum finali Budapeshtda bo'lib o'tadi. "Quloqli" sovrin uchun hal qiluvchi uchrashuv shanba kuni, 30 mayga belgilangan.

Hozircha musobaqaning amaldagi g'olibi — "PSJ". O'tgan finalda parijliklar "Inter"ni 5:0 hisobida mag'lub etib, raqibiga imkon qoldirmagan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Chempionlar ligasi finali uchun rasmiy to'p taqdim etildi