Boka Xuniors klubida yangi sport direktori tayinlandi

Argentinaning “Boka Xuniors” klubi sport direktori lavozimiga Marselo Delgado tayinlanganini ma’lum qildi. Endi u klub prezidenti Xuan Rikelme bilan yaqin hamkorlikda ishlaydi. Avval “Barselona” safida ham to‘p surgan Rikelme va Delgado dueti jamoaga tezkor kuchaytirishlar topish vazifasini oldiga qo‘ymoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Delgado futbolchilik faoliyatida ham nom qozongan: u Argentina terma jamoasida 1995–2002 yillar oralig‘ida 18 uchrashuvda maydonga tushgan va 1998 yilgi Jahon chempionatida ham ishtirok etgan. Shuningdek, 2003 yilda u “Santos” hujumchisi Rikardo Oliveyra bilan birga Libertadores kubogining eng yaxshi to‘purari bo‘lgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing