Imron konsertida Durdona bilan kutilmagan duet yangradi (video)

Xonanda Imron o‘z konsert dasturi davomida aktrisa Durdona bilan sahnada duet ijro etdi. Ushbu chiqish zaldagi mehmonlar va muxlislar uchun kutilmagan, ammo juda yoqimli syurpriz bo‘ldi.
Duet tomoshabinlar tomonidan iliq kutib olindi. Zaldagi muxlislar ijroni qarsaklar bilan qo‘llab-quvvatlab, san’atkorlarning sahnadagi uyg‘un chiqishini katta hayajon bilan qarshi olishdi. Tomoshabinlarning fikriga ko‘ra, ushbu duet konsertning eng yorqin va esda qolarli lahzalaridan biriga aylandi hamda muxlislarni chin dildan quvontirdi.
Konsert yakunidan so‘ng Imron Durdona bilan birgalikda ijro etilgan duet haqida ham o‘z fikrlarini bildirdi.
— Bu chiqish muxlislarimizning talabi asosida amalga oshirildi. Qilayotgan barcha ishlarimiz, sahnadagi har bir ijroyimiz avvalo xalqimiz va muxlislarimiz uchundir, — dedi xonanda.