13:30 / 23.05.2019
3 067

Turkiya - O‘zbekiston o‘yinini serbiyalik hakamlar boshqaradi

Turkiya - O‘zbekiston o‘yinini serbiyalik hakamlar boshqaradi
Kelasi hafta oxirida Antaliyada bo‘lib o‘tadigan Turkiya – O‘zbekiston milliy jamoalari o‘rtoqlik o‘yinini serbiyalik Srdjan Yovanovich boshchiligidagi hakamlar brigadasi boshqarib boradi.

O‘FA xabariga ko‘ra, Yovanovichga qanotlarda hamyurtlari Urosh Stoykovich va Milan Mixaylovich yordamlashadi. To‘rtinchi hakam sifatida turkiyalik Xalil Umut Meler tayinlangan.

Uchrashuv 2 iyun kuni Antaliyadagi «Alanya» stadionida o‘tkaziladi. Bu – Turkiya va O‘zbekiston milliy jamoalari o‘rtasidagi ilk o‘yin bo‘ladi. O‘zbekiston bunga qadar UYeFAga a’zo 13ta mamlakat termasiga qarshi (ularning barchasi - Sharqiy Yevropa jamoalari) o‘yin o‘tkazgan.

Ma’lumot uchun, Turkiya hozirda FIFA reytingida 39-pog‘onani egallab turibdi. 1 iyundan e’tiboran Shenol Gyunesh jamoa bosh murabbiyi lavozimini egallaydi. Ushbu mahalliy mutaxassis 2000-2004 yillarda ham Turkiya termasiga ustozlik qilgan, uning qo‘l ostida jamoa JCh-2002da uchinchi o‘rinni egallagan.

Gyunesh ixtiyorida Angliyaning «Everton», «Lester», Italiyaning «Milan», «Sassuolo», Fransiyaning «Lill», Germaniyaning «Shtutgart», Ispaniyaning «Selta» kabi klublarida to‘p suruvchi futbolchilar bor.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Turkiya - O‘zbekiston o‘yinini serbiyalik hakamlar boshqaradi