23:40 / 26.09.2019
2 367

Ro‘ziqul Berdiyev: "Shunday paytda o‘zimni "Real" murabbiyidek his qilaman"

Ro‘ziqul Berdiyev: "Shunday paytda o‘zimni "Real" murabbiyidek his qilaman"
O‘zbekiston Kubogi yarim finali doirasidagi "Paxtakor" - "Nasaf" (2:1) uchrashuvidan so‘ng mehmonlar ustozi Ro‘ziqul Berdiyev matbuot anjumanida ishtirok etdi.
"Paxtakor" oxirgi o‘yinlarda bunchalik kuchli qarshilikka duch kelmagandi deb o‘ylayman. Chempion jamoa maydonida munosib o‘ynadik. Ammo 30-40-daqiqalarda xatolarga yo‘q qo‘ydik. E’tiborsizlik natijasida ikkita gol o‘tkazdik. Bugungi g‘alaba bilan "Paxtakor"ni tabriklayman, biz esa bor e’tiborimizni Superliga bahslariga qaratamiz", - deydi Ro‘ziqul Berdiyev.

- "Nasaf" keyingi mavsumda ham OChLda o‘ynay olmasligi deyarli oydinlashdi. Bu klub uchun muvaffaqiyatsizlikmi?
- OChLga chiqa olmaganimizni muvaffaqiyatsizlik demagan bo‘lardim. Ammo yil boshida ko‘pchilik "Nasaf" chempionatda jon saqlash uchun kurashadi deb o‘ylagandi, to‘g‘rimi? Biz yanada yuqoriroq o‘rinlarni egallashga harakat qilgandik. Bizda Masharipov yoki Cherandek futbolchilar yo‘q. Yil boshida mana shu tarkibni shakllantirish vazifa qilib qo‘yilgan edi.

- "Nasaf" bugun chempion bilan safarda tengma-teng o‘ynadi, ammo Superligada Qarshida so‘nggi o‘rindagi "Buxoro"ga imkoniyat boy berildi. Buni qanday izohlaysiz?
- "Buxoro"ga qarshi o‘yinda yutqazib qo‘yganimizda natija uchun aybdormiz deb aytgandim. "Qizilqum" va "Buxoro" bilan o‘yinlarda raqiblar himoyaviy taktikada o‘ynashdi, katta kuch bilan himoyada o‘ynagan jamoalarga qarshi o‘yinda g‘alaba qozona olmadik. Futbolchilarim raqib himoyasini yorib o‘ta olmay shoshilishdi va natijada imkoniyat boy berildi. Bugun ham agar biroz sovuqqonroq harakat qilganimizda balki o‘yin qo‘shimcha taymlarga o‘tishi mumkin edi. Bugungi o‘yindan oldin qanchalik qiyin bo‘lsa ham ko‘pchilik "Paxtakor"ni yutishimiz kerakligini aytgandi. Shunday paytda o‘zimni "Real" murabbiyidek his qilaman. Sababi har qanday holatda ham muxlislar bizdan g‘alaba kutishadi.

- O‘yindan so‘ng MOQ rahbari bilan gaplashdingiz. Suhbat nima haqda bo‘lganini ayta olasizmi?
- Rustam aka Shoabdurahmonov bilan bundan oldin ham ko‘rishgandik. Bugun ham ko‘rishdik. Bilasiz "Nasaf" olimpiya terma jamoasi bazaviy klublaridan biri hisoblanadi. Shu bois MOQ rahbari futbolchilarning turmush tarzidan xabardor bo‘lib turibdilar. U kishining g‘amxo‘rligidan mamnunmiz albatta.

Manba: championat.asia

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Ro‘ziqul Berdiyev: "Shunday paytda o‘zimni "Real" murabbiyidek his qilaman"