O‘zbekiston MTJdan yana bir futbolchi olimpiyachilarimiz safiga jalb etildi

  • 11 noyabr 2019, 17:16
  • 626
  • Sport
  • O‘zbekiston MTJdan yana bir futbolchi olimpiyachilarimiz safiga jalb etildi
    Kelasi yilning 8-26 yanvar kunlari Tailandda U-23 Osiyo chempionati final bosqichi bo‘lib o‘tadi.
    Lyubinko Drulovich boshqaruvidagi O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi ayni paytda mazkur musobaqaga jiddiy hozirlik jarayonini davom ettirmoqda. Olimpiyachilarimiz har oy yig‘in tashkil etib, xalqaro o‘rtoqlik uchrashuvlarida maydonga tushishmoqda.

    Oldinroq vakillarimiz 13-19 noyabr kunlari BAAning Dubay shahrida 23 yoshgacha bo‘lgan terma jamoalar o‘rtasida xalqaro turnirda ishtirok etishlari borasida xabar bergandik.

    “Dubay xalqaro do‘stlik musobaqasi”da 25 nafar futbolchi ishtirok etadi. E’tiborlisi, Lyubinko Drulovich poytaxtimizdagi yig‘inga jalb etganlar orasida ayrim o‘zgarishlarni amalga oshirgan. Jumladan, dastlab milliy terma jamoadan Azizjon G‘aniyev olimpiyachilar safiga qo‘shilgandi. Endi esa Qirg‘izistonga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida birinchi golga assistentlik qilgan Abror Ismoilov olimpiyachilar safiga jalb etildi.

    Quyida Dubayga yo‘l olgan tarkib bilan tanishing:

    Darvozabonlar: Mashhurjon Muhammadjonov, Abduvohid Ne’matov (ikkalasi – “Nasaf”), Nizomitdin Ziyovutdinov (AGMK)
    Himoyachilar: Dilshod Saitov, Husniddin Aliqulov, Sherzod Nasrullayev (barchasi – “Nasaf”), Islomjon Qobilov (“Bunyodkor”), Ilhom Alijonov (“Navbahor”), Oybek Rustamov (“Qo‘qon-1912”), Ibrohim Yo‘ldoshev (“Metallurg”), Shahboz Jo‘rabekov (“So‘g‘diyona”)
    Yarim himoyachilar: Oybek Bozorov, Islom Rashidxonov, Azizjon G‘aniyev, Sharof Muhitdinov (barchasi – “Nasaf”), Abdulla Abdullayev, Nurillo To‘xtasinov (ikkalasi – “Bunyodkor”), Jasurbek Yaxshiboyev (AGMK), Oston O‘runov (“Lokomotiv”), Asad Sobirjonov (“Buxoro”), Doston Ibragimov (“Qizilqum”), Abror Ismoilov (“Surxon”)
    Hujumchilar: Azizbek Amonov (“Lokomotiv”), Mirjahon Mirahmadov (“Bunyodkor”), Bobir Abdixoliqov (“Nasaf”).

    Ma’lumot o‘rnida, ushbu turnirda BAA, Saudiya Arabistoni, Bahrayn, Suriya, Janubiy Koreya, Iroq, Iordaniya hamda O‘zbekiston olimpiya terma jamoalari ishtirok etadi.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » O‘zbekiston MTJdan yana bir futbolchi olimpiyachilarimiz safiga jalb etildi