18:31 / 19.12.2019
2 624

Anzur Ismoilovga "Sepaxon", shuningdek, Xitoy hamda Tailand klublari ham jiddiy qiziqishmoqda

Anzur Ismoilovga "Sepaxon", shuningdek, Xitoy hamda Tailand klublari ham jiddiy qiziqishmoqda
Mavsumni «Lokomotiv» jamoasida yakunlagan tajribali himoyachi Anzur Ismoilovning temiryo‘lchilar bilan tuzgan shartnomasi nihoyasiga yetgani bois uning yangi mavsumni boshqa klubda o‘tkazishi borasida turli gap-so‘zlar tarqalgani ham bejiz emas.

Aslida chempionat yakunlanmasidan oldinoq unga «Paxtakor» tomonidan jiddiy qiziqish bo‘layotgani va katta ehtimol bilan Ismoilovning yangi mavsumni «Sherlar» safida o‘tkazishi aytilayotgandi. Lekin shuni ham unutmaslik kerakki, Anzurga birgina «Paxtakor»dan jiddiy taklif kelib tushmagan.

Ma’lum bo‘lishicha, unga Eronning yetakchi klublaridan biri sanalgan «Sepaxon» ham da’vogarlik qilmoqda. Eronliklar futbolchimizga tayyor shartnomani taklif qilmoqdalar. Shuningdek, futbolchimizga Xitoy hamda Tailandning yetakchi klublari ham qiziqish bildirishayotganini aytish joiz.

Bunday ma’lumotlar asosli va buni Anzur Ismoilovning o‘zi ham tasdiqlab o‘tdi. Biroq tajribali himoyachi hali bir qarorga kelgani yo‘q. Ammo o‘zining aytishiga qaraganda, faoliyatini xorijda o‘tkazishdan ko‘ra ko‘proq o‘zimizning chempionatda to‘p surishni ma’qul ko‘rmoqda. Demak, u bilan bog‘liq voqealar rivojini kuzatishda davom etamiz.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Anzur Ismoilovga "Sepaxon", shuningdek, Xitoy hamda Tailand klublari ham jiddiy qiziqishmoqda