14:20 / 21.12.2019
5 169

Shayx Abdulaziz Mansur: “Noto‘g‘ri tushunibsizlar, bayram qilinglar, demadim. Yangi yilni nishonlash dinimizda yo‘q!”

Shayx Abdulaziz Mansur: “Noto‘g‘ri tushunibsizlar, bayram qilinglar, demadim. Yangi yilni nishonlash dinimizda yo‘q!”
Shayx Abdulaziz Mansur ijtimoiy tarmoqlarda yangi yil bayrami haqidagi fikrlariga nisbatan bo‘layotgan e’tirozlarga izoh berdilar:

“Bismillahir Rohmanir Rohiym. Alhamdulillah. Vassalatu-vassalamu a’la Rasulillah. Ammo ba’d.
Hurmatli aziz tinglovchilar! Assalomu alaykum va Rohmatullohi va barakotuh.

Kuni kecha milodiy yangi sana mavzusida efir orqali chiqish qilgan edim. Uni “Ziyo” studiyasi bir soat yozib olgan edi. Eshituvchilarga tushunarli bo‘lsin, deb men dalillar bilan manbalarini ko‘rsatib, mana shu islom dinimizni nuqtai nazaridan bu mavzuga qanday qaralganligi to‘g‘risida bir soat izoh bergan edim. Lekin, afsuski, ertasi kuniga mana shu bir soatlik suhbatni besh daqiqaga qisqartiribdi, shu sabab gaplar tushunarli bo‘lmay qolibdi.

Shuning uchun xalqimiz orasida, aholimiz o‘rtasida turli tushunmovchilik va e’tirozlar paydo bo‘ldi. Go‘yoki “Shayx Abdulaziz Mansur yangi yilni kutishga ruxsat beribdi, bir birlarini tabriklashga ruxsat beribdi, yangi yilni oqlab fatvo beribdi” degan har xil shov-shuv gaplar tarqaldi. Bu gaplar menga yetib keldi. E’tirozlarni xammasidan xabarim bor.

Shuning uchun, hozirgi chiqishimda mana shu e’tirozlarga o‘z munosabatimni bildirib, izoh bermoqchi edim.
Yangi yil, yangi yilni kutish yoki tabriklash yoxud bayram qilish kabi amallar bizni muqaddas Islom dinimizni manbaalarida hech qayerda ko‘rsatilmagan. U yo‘q narsa. Manbalarda yangi yilni, u qaysi yangi yil bo‘lishidan qat’iy nazar, hattoki hijriy yilni ham kutib olinsin, degan gap yo‘q.
Shunday bo‘lgandan keyin men qanaqasiga dini Islom manbaalarida ahkomlarida, shariatimizda yo‘q narsani halqga targ‘ib qilaman?!

Men ustozlarni ko‘rgan ularni tarbiyasini olgan ahli ilm odamman. Men ko‘rmagan narsam bo‘lsa, aniqlamagan narsam bo‘lsa, manbaalarini aniq bilmasam, ko‘nglim dilim taskin topmasa, u gaplarni gapirmayman.
Tushunmovchilikni isloh qilib, tuzatib qo‘ymoqchimanki, yangi yilni kutib olish yoki tabriklash bu narsalar bizni Islom dinimizda yo‘q. Bu odat dunyoviy odat bo‘lib kelayotgan narsa. Buni dinga hech qanday taalluqli joyi yo‘q. Shu narsalarni eshitib xalqimizga javob qilyapman, lekin bu narsalar kifoya qilmayapti.

Shu sababli men xalqimizdan, eshituvchilardan iltimos qilamanki, bizlarni to‘g‘ri tushuninglar. Islom dinimizni qo‘ldan kelgancha o‘rganib xalqimizga yetkazishni niyat qilganmiz. Mana shu olgan ilmlarimizni faqat Islom dini yo‘lida, xalqimizni e’tiqodi yo‘lida sarflashni niyat qilganmiz. Shuning uchun Alloh subhanahu va taolo bunday tushunmovchiliklardan, zalolatdan o‘zi asrasin. Hidoyat uzra barchalarimizni sobit qadam qilsin. Vaassalamu alaykum va rahmatullohi taala va barakatuh”.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Shayx Abdulaziz Mansur: “Noto‘g‘ri tushunibsizlar, bayram qilinglar, demadim. Yangi yilni nishonlash dinimizda yo‘q!”