Foto: Xiaomi
Xiaomi kompaniyasi Cowarobot bilan hamkorlikda o‘zining ilk o‘zi boshqariluvchi chamadonini ishlab chiqdi. Yangi gadjet nafaqat egasi ortidan yura oladi, balki qiziqarli funksiyalar bilan ham ta’minlangan.
Qurilma sig‘imi 31 litrni tashkil qiluvchi standart chamadonlar kabi bo‘lib, uning g‘ildiraklari va tortib chiqariluvchi tutqichi bor. O‘lchamlari 555 x 384 x 200 mmni, og‘irligi 4,5 kgni tashkil qiladi.
Tutqichga kamera o‘rnatilgan bo‘lib, u yuzlarni tanish funksiyasi bilan jihozlangan. Chamadon harakatlanishi uchun uning egasi yuzini kamerada skanerlashi lozim. Gadjet ushbu kamera yordamida, shuningdek, mo‘ljal oladi.
Qurilma g‘ildirakchalaridagi 4 motor bilan harakatga keltiriladi. U mashinaviy o‘qitish hisobiga to‘siqlar va odamlarni chetlab o‘ta oladi. Chamadon 92 Vt-soatlik akkumulyatordan quvvatlanadi.
Kompaniyada ta’kidlanishicha, qurilma to‘liq quvvatlangan holda 20 km yo‘l bosa oladi. To‘liq quvvatlanishi uchun esa 5 soat talab etiladi. Gadjetni mobil dastur orqali ham boshqarish mumkin. Chamadonning narxi 280 dollarni tashkil qiladi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video)
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi