Foto: Fast Company
AQSH Milliy meteorologiya xizmati va Kasalliklarni nazorat qilish va oldini olish markazi mutaxassislari tomonidan salomatlik uchun xavfli jazirmadan ogohlantirishning yangi rangli shkalasi taqdim etildi, deya xabar berdi Associated Press.
Shkalaga o‘ta yuqori haroratni anglatuvchi yangi — siyohrang (binafsharang) qo‘shildi.
Eski shkalada oq, sariq, to‘q sariq va qizil ranglar bo‘lgan: oq — harorat salomatlik uchun xavf solmasligini, qizil — tanani sovitish uchun sharoit va ichishga suv bo‘lmasa havo harorati salomatlik uchun xavfliligini bildirgan.
Siyohrang nafaqat odamlarning salomatligi, balki hayoti ham xavf ostida ekanini ifodalaydi. Ogohlantirishning ushbu darajasini juda issiq ob-havo uzoq vaqt davom etsa va hatto kechalari ham pasaymasa e’lon qilish rejalashtirilmoqda.
Mutaxassislar jaziramaning besh toifasi o‘ta ilmiy hisob-kitoblarga asoslanganini ta’kidlashyapti. Harorat rang chegaralari ob-havo va iqlim haqidagi mahalliy ma’lumotlar, yuqori harorat sababli qayd etiladigan tibbiyot statistikalaridan kelib chiqib belgilangan. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”