17:33 / 22.04.2024
117

Ichki ishlar organlari o‘z faoliyatida dronlardan foydalanishni boshlaydi

Ichki ishlar organlari o‘z faoliyatida dronlardan foydalanishni boshlaydi
Foto: O‘zA
O‘zbekiston ichki ishlar organlarida tizim xodimlariga yengillik yaratish maqsadida uchuvchisiz uchish qurilmalari joriy qilinmoqda.

Ushbu qurilma IIOga favqulodda vaziyat haqida tezkor ma’lumot olish va qisqa fursatlarda bartaraf etish imkonini beradi, vaqtni va resurslarni tejaydi, xarajatlarni kamaytiradi.

IIV Axborot texnologiyalari bo‘yicha bo‘lim boshlig‘i Shohrux Muxtorovning so‘zlariga ko‘ra, vazirlik Jamoat xavfsizligi departamenti tomonidan hududlarda xizmat olib borayotgan profilaktika inspektorlari, yo‘l-patrul xizmati inspektorlari, shuningdek, ichki ishlar organlarining boshqa sohaviy xizmatlari xodimlarini o‘qitish bo‘yicha ishchi guruhlari tuzilgan.

Qayd etilishicha, ichki ishlar xodimlarini dronlardan foydalanishga o‘qitishda hududda ko‘ngilsiz hodisalarning oldini olish, fuqarolarning xavfsizligini ta’minlash, jamoat tartibini saqlash, yo‘l harakati xavfsizligi ta’minlashda tirbandliklarni bartaraf etish, mahallalarda kriminogen vaziyatdan tezkor xabardor bo‘lish kabi salbiy xatti-harakatlarga qarshi kurashish asosiy tamoyillar sifatida belgilab olingan.

Shohrux Muxtorovning so‘zlariga qaraganda, yo‘l harakati xavfsizligi tizimida uchuvchisiz uchish apparatlaridan foydalanish yuqori samara beradi. Xususan, yo‘l-transport hodisalari, yo‘llarda qoidabuzarliklarni aniqlash, qidiruv-qutqaruv, olib qochilgan va o‘g‘irlangan avtomobillarni topish imkoniyatini beradi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Ichki ishlar organlari o‘z faoliyatida dronlardan foydalanishni boshlaydi