16:31 / 23.04.2024
90

Uzcard va Humo terminallari integratsiyasi test rejimida ishga tushirildi

Uzcard va Humo terminallari integratsiyasi test rejimida ishga tushirildi
Foto: Uzcard
2024 yil 1 apreldan e’tiboran ayrim Uzcard terminallari Humo bank kartalarini ham qabul qila boshladi. Bu haqda Uzcard matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, hozirda ERA dasturiy ta’minotiga ega 250 dan ortiq onlayn kassa terminallari (Pax A930, oq rangli) Humo kartalarini ham qabul qila boshlagan.

“Navbatda – mamlakat bo‘ylab yana o‘n minglab qurilmalar”, – deyiladi xabarda.

O‘z navbatida, Humo to‘lovi tizimi bergan xabarga ko‘ra, ayrim savdo nuqtalarida o‘rnatilgan Humo pin-padlari orqali Uzcard kartalari bilan to‘lovlarni amalga oshirish boshlangan.

Ayni paytda ushbu imkoniyat sinov tartibida Makro‘ning Toshkent shahridagi barcha supermarketlarida, shuningdek “Korzinka – Salom" supermarketida ishlamoqda va tez orada butun tarmoq bo‘ylab bosqichma-bosqich tatbiq etiladi”, – deyiladi Humo axborotida.

Bu loyihaning ishga tushirilishi to‘lovlarni qabul qilish jarayonini optimallashtiradi va xizmat vaqtini qisqartiradi.

Humo va Uzcard to‘lov tizimlarini integratsiya qilish o‘tgan yili mart oyida qabul qilingan prezident qarorida belgilangan edi. Qarorga ko‘ra, 2023 yil may oyiga qadar bankomatlar, 2023 yil yakuniga qadar esa terminallar integratsiyasini yakunlash vazifasi qo‘yilgandi.

Amalda esa bankomatlar integratsiyasi 2023 yil 1 iyundan boshlanib, bir oy davomida bu boradagi ishlar 92 foizga yakunlandi. Terminallar integratsiyasining sinov jarayoni esa 2024 yil apreliga kelib boshlandi.

2024 yil yanvar oyida Markaziy bank raisining birinchi o‘rinbosari Nodirbek Saydullayev bu kechikishni “texnik jarayon” deb izohlagan, integratsiya jarayoni “birinchi chorak oxirigacha yakuniga yetishi”ni aytgandi.

Humo rasmiy saytidagi ma’lumotlarga ko‘ra, to‘lov tizimi 200 mingdan ortiq terminal, 5750 dan ortiq bankomat va 23 milliondan ortiq kartani o‘z ichiga oladi. 50 ming so‘mgacha bo‘lgan kontaktsiz to‘lovlar uchun PIN-kod talab etilmaydi.

Uzcard rasmiy saytida keltirilishicha, tarmoqdagi terminallar soni 1815 tani, bankomatlar 755 tani tashkil etadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Uzcard va Humo terminallari integratsiyasi test rejimida ishga tushirildi