Foto: Getty Images
Janubiy Koreyadagi Fundamental fanlar instituti olimlari sun’iy olmosni bir necha daqiqada o‘stirishga yordam beradigan texnikani ishlab chiqdi. Jarayon kuchli siqishni talab qilmaydi. Tadqiqot natijalari Nature jurnalida e’lon qilindi.
Yangi usul suyuq metallarni aralashtirishga asoslangan. Aralashma tarkibiga nikel, galliy, temir va kremniy kiradi.
Jarayon, shuningdek, 1025 daraja Selsiygacha kuchli qizdirishni talab qiladi. Grafit korpus ichidagi maxsus vakuum tizimi metallarni metan va vodorod aralashmasi ta’siri orqali tez qizdirish va sovutish imkonini beradi.
Bunday sharoitda metandagi uglerod atomlari erigan metall bilan birikib, olmos uchun asos yaratadi. Atigi 15 daqiqadan so‘ng, suyuq metalldan mayda kristall zarrachalar paydo bo‘ladi.
2,5 soatdan keyin uzluksiz olmos plyonkasi hosil bo‘ladi. Bosim 1 atm (standart atmosfera birligi) edi - odatda sun’iy olmos yaratish uchun talab qilinadiganidan o‘n ming marta kamroq.
Sintetik olmoslar turli xil sanoat jarayonlarida, elektronikada va hatto kvant kompyuterlarida keng qo‘llaniladi. Olimlarning qayd etishicha, yangi texnika ularni ishlab chiqarishni ancha tezlashtiradi va osonlashtiradi.
Hisob-kitoblarga ko‘ra, 1 karat o‘lchamdagi tabiiy olmoslarning Yer qa’rida o‘sish tezligi sharoitga qarab, 4,5 oydan 17,5 yilgacha davom etishi mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Dunyoning mashhur ayollari kunni qanday boshlaydi?
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
AQSH Adliya vazirligi Google'dan Chrome'ni sotishni talab qiladi
Tramp g‘alabasidan keyin Qo‘shma Shtatlarni butunlay tark etishni rejalashtirayotgan Gollivud yulduzlari
“Diabet — hayot tarzi” mavzusida ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi