Xitoyning Wuchang Shipbuilding Industry Group kemasozlik kompaniyasi Atlantika okeanida 1912 yilda cho‘kib ketgan mashhur va mash’um "Titanik" kemasining nusxasini qurishni boshladi. "Sinxua" axborot agentligining ma’lum qilishicha, ushbu loyihaga investisiyalar 1 mlrd yuanni (145 mln dollar) tashkil qiladi.
Kemasozlik kompaniyasi bosh direktori o‘rinbosari Van Veylinning jurnalistlarga ma’lum qilishicha, yangi kema "Titanik"ning to‘liq nusxasi bo‘ladi. Uning uzunligi 269 metrni, eni 29 metrni tashkil qiladi. Biroq yangi kema "Titanik"dan farqli o‘laroq, birorta ham reys amalga oshirmaydi va Dain uezdidagi suv havzalaridan birida abadiy qoldiriladi. Loyiha mualliflarining g‘oyasiga ko‘ra, yangi "Titanik" mintaqadagi sayyohlik attraksionlaridan biri bo‘lishi kerak.
Kemaning ichki intereri "Titanik"ning ichidagi hashamatga mos yaratiladi: kemasozlar va dizaynerlar mash’um kemadagi tom ma’noda har bir detalni, jumladan teatr, birinchi sinf kayutalari, suv havzasi va ballar zalini qayta gavdalantirishmoqchi. Kompaniya buning uchun AQSh va Buyuk Britaniyadan texnik mutaxassislarni jalb qilmoqchi.
Loyiha Sichuan Star Energy Investment Group tomonidan moliyalashtirilmoqda va mintaqadagi sayyohlik tarmog‘ini jonlantirishga mo‘ljallangan.
"Titanik" kemasi 1912 yil 15 aprelga o‘tar kechasi aysberg bilan to‘qnashishi oqibatida falokatga uchragan. "Titanik" qoldiqlari Atlantika okeanining shimoliy qismida 3,7 ming metrdan ziyodroq chuqurlikda qo‘nim topgan. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda