IShID terrorchi guruhi jangarilari 17 sentyabrga o‘tar kechasi Iroqning al-Xavija shahri yaqinida joylashgan AQSh harbiy bazasiga hujum qildi. Bu haqda «Vedomosti»ga tayanib «Daryo» xabar bermoqda.
AQSh boshchiligidagi xalqaro koalitsiya rasmiy vakili Rayan Dilon bu borada bayonot berdi.
«IShIDning al-Xavija yaqinidagi koalitsiya harbiy bazasiga muvaffaqiyatsiz hujumi o‘tgan tunda amalga oshirildi. Bitta xudkush kamari vaqtidan oldin portlab ketdi, yana ikki nafari otib tashlandi. Ittifoqchilar tomonida yo‘qotishlar yo‘q», — deb yozdi u Twitter’dagi sahifasida.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan «terrorchilik tashkiloti» deb topilgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?