10:58 / 20.08.2018
2 952

Yangi Zelandiyada vazir tug‘ish uchun velosipedda tug‘ruqxonaga bordi

Yangi Zelandiyada vazir tug‘ish uchun velosipedda tug‘ruqxonaga bordi
Yangi Zelandiyaning ayollar masalalari bo‘yicha vaziri homilador holatda turuqxonaga velosipedda yo‘l oldi. BBCning yozishicha, uning so‘zlariga ko‘ra mashinada unga joy qolmagan.

Yashillar partiyasi vakilasi Juli Jenter “Instagram”da o‘zining rafiqi bilan yakshanba tongida velosipedda sayr qilayotganining suratlarini joylashtirdi.

Juli uchun mamlakat bosh vaziri — ishni onalik mehri bilan uyg‘unlashtirgan bosh vazir Jasinda Ardern namuna bo‘lib xizmat qilgan bo‘lishi kerak. Darvoqe, Julining ham, Jasindaning ham Oklenddagi shahar jamoatchilik shifoxonasida ko‘zi yorigan.

Bir vaqtning o‘zida transport vaziri yordamchisi vazifasida ham ishlayotgan 38 yoshli Jenter butun mamlakatga ashaddiy velosipedchi sifatida mashhur.

“Mana, vaqt-soati yetib keldi, menga omad tilanglar!” — deb yozgan u o‘z obunachilariga murojaat qila turib. — Men o‘z turmush o‘rtog‘im bilan vilosiped tanladik, chunki mashinada meni qo‘llab-quvvatlovchilar dastidan bo‘sh joy qolmagan ekan, lekin bu mening kayfiyatimni juda ko‘tardi!».


arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Yangi Zelandiyada vazir tug‘ish uchun velosipedda tug‘ruqxonaga bordi