Qozog‘iston bosh vazirining birinchi o‘rinbosari Askar Mamin 7 noyabrda bir necha ishlab chiqarish ob’ektlariga tashrif buyurdi. Jumladan, u "SariArkaAvtoprom" korxonasida ham bo‘ldi.
Maminga Ravon rusumidagi yangi "Neksiya" avtomobili namoyish qilindi. Bu mashina Qo‘stanayda o‘zbekistonlik hamkorlar bilan birgalikda yig‘ilmoqchi.
"Bu mashina Qozog‘istondagi eng arzon mashina bo‘ladi. Uning narxi 2,6 mln tangani tashkil qiladi, undan arzonrog‘i shunchaki yo‘q", deb aytgan "Allur Auto" kompaniyasi direktorlar kengashi raisi Andrey Lavrentev.
Lavrentevning aytishicha, mashina yirik uzelli usulda yig‘iladi: mashina komplektlari O‘zbekistondan keltiriladi, mahalliylashtirish 30 foizgachani tashkil qiladi. Kelajakda mashina kichik uzelli metodda yig‘ilishi boshlanadi hamda mahalliylashtirish 50 foizga va undan ko‘proqqacha etkaziladi.
"Bu avtomobil sinovlardan o‘tgan va Evro-6 standartlariga javob beruvchi sertifikat oladi", deb ma’lum qildi Lavrentev.
Mamin Ravon avtomobili rulida o‘tirib ko‘rdi. Birinchi avtomobil ishlab chiqarilishining sanasi hozircha belgilanmagan, biroq zavodda ta’kidlanishicha, o‘zaro ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish uchun bir necha hujjatlarni imzolashgina qolgan. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi