12:46 / 20.11.2015
6 585

«SP»: Ravon narxi bilan Rossiyada muvaffaqiyatga erishishi mumkin

«SP»: Ravon narxi bilan Rossiyada muvaffaqiyatga erishishi mumkin

GM Uzbekistan’ning Rossiya bozori uchun mo‘ljallangan yangi brendi — Ravon o‘z avtomobillarining asosiy ustunligi — narxi bilan bozordagi asosiy raqobatchilari hisoblangan Hyundai Solaris, Kia Rio va Renault Logan’ni ortda qoldirishi mumkin. Bu haqda Rossiyaning «Svobodnaya Pressa» internet-nashridagi maqolada so‘z boradi.

Oktyabr oyida Moskvada Ravon brendi taqdimoti bo‘lib o‘tgandi. Unda Chevrolet Aveo’ning qayta ishlangan versiyasi — yangi Ravon Nexia, qisman restaylingga uchragan Ravon Matiz, shuningdek, R2 xetchbeki (Chevrolet Spark) va R4 sedani (Chevrolet Cobalt) namoyishi etilgandi. Yangi Nexia va Matiz Rossiya bozorida 2016 yil mart—aprelidan paydo bo‘lishi kutilmoqda.

«Yangi brendning Rossiyada muvaffaqiyatga erishishi uchun ma’lum ma’noda imkoniyat bor. Inqiroz, bir qator konsernlar Rossiya bozorini tark etayotgani va fuqarolarning xarid imkoniyati pasayib borayotganini hisobga olgan holda, ko‘rinishi bor-yo‘g‘i qayta ishlangan bo‘lsa-da yangi hisoblangan byudjet avtomobillari — xuddi toza havodek, gap. Hyundai Solaris, Kia Rio va Renault Logan’ga raqobatchilar kerak. Ravon esa ana shunday raqobatchi bo‘lishi mumkin», — deb yozadi maqola muallifi Pavel Jukov.

«Ravon’ning ustunliklari etarlicha. Birinchidan, modellar qatori ancha keng. Ikkinchidan, bu avtomobillarning barchasi vaqt sinovidan o‘tgan. Uchinchidan, mazkur avtomobillar o‘zining ishonchliligi va sifati bo‘yicha yaxshi ko‘rsatkichlarga ega. Eng asosiy ustunlik esa — brend avtomobillarining narxi», — deyiladi maqolada.

«Agar kompaniya o‘z mahsuloti uchun munosib narx belgilay olsa, xalq bu avtomobillarni sotib olishga harakat qilishi aniq. Bu holatda Daewoo’gami, Chevrolet’gami yoki Ravon’ga — qay biriga pul to‘layotganining xaridorga farqi yo‘q. Amalda, ularning bari hozir bir narsa», — deya qo‘shimcha qilgan maqola muallifi.


Manba: Daryo.uz

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)


Yangiliklar » Avto » «SP»: Ravon narxi bilan Rossiyada muvaffaqiyatga erishishi mumkin
[/banner_pushhouse