Tarim mumiyolari: G‘arbiy Xitoydagi sirli yevropoid xalq izlari (foto)

Dunyo1 daqiqa o'qish5.1K
Tarim mumiyolari: G‘arbiy Xitoydagi sirli yevropoid xalq izlari (foto)
G‘arbiy Xitoyda arxeologlar kutilmagan tashqi ko‘rinishga ega bo‘lgan o‘nlab mumiyolarni topdilar. Ular oq tanli, malla sochli va baland bo‘yli bo‘lib, bundan ming yillar oldin Taklamakon cho‘lida, Tarim daryosi havzasida dafn etilgan. Bu topilma qadimgi sivilizatsiya va madaniyatlar o‘rtasidagi aloqalar haqida yangi ma’lumotlarni ochib berishi mumkin.

Sirli xalq izlari
Tarim mumiyolari: G‘arbiy Xitoydagi sirli yevropoid xalq izlari (foto)
Ba’zi tadqiqotchilar bu mumiyolar Osiyo qit’asining markazida qadim zamonlarda yevropoid xalqlar yashaganligini ko‘rsatishi mumkinligini ta’kidlamoqda. Hozirgacha 300 dan ortiq Tarim mumiyolari aniqlangan bo‘lib, ularning eng mashhurlari Loulan go‘zali va Cherchen odami hisoblanadi.

Loulan go‘zali va Cherchen odami

Loulan go‘zali – taxminan 3800 yil oldin yashagan, bo‘yi 180 santimetr keladigan, to‘q sariq sochli ayol mumiyosi. Uning tanasi mukammal holda saqlangan bo‘lib, dafn etilgan joyidan uning shaxsiy buyumlari – taroq, savat va bo‘yra topilgan.
Tarim mumiyolari: G‘arbiy Xitoydagi sirli yevropoid xalq izlari (foto)
Cherchen odami esa oq sochli, yuzida tatuirovka belgilariga ega bo‘lib, u ko‘plab dafn buyumlari bilan ko‘milgan. Arxeologlar uning yonidan hatto chaqaloq mumiyosi topgan bo‘lib, uning ko‘zlariga ko‘k toshlar qo‘yilgan.

Tarixiy aloqalar va taxminlar

Olimlar bu odamlar kim bo‘lganini aniqlashga harakat qilmoqda. Bir nazariyaga ko‘ra, ular toxarlar – Markaziy Osiyoda yashagan sirli xalq vakillari bo‘lishi mumkin. Boshqa taxminlarga ko‘ra, ular qadimgi hind-yevropa xalqlarining migratsiya yo‘llari bilan bog‘liq.
Tarim mumiyolari: G‘arbiy Xitoydagi sirli yevropoid xalq izlari (foto)
Qizig‘i shundaki, Rim yozuvchisi Katta Pliniy milodiy I asrdayoq Xitoy hududida "o‘rta bo‘ydan baland, zig‘ir sochli va ko‘k ko‘zli" odamlar mavjudligini yozib qoldirgan. Bu esa Tarim mumiyolari haqidagi taxminlarni yanada mustahkamlaydi.

Qadimgi Xitoyning izolyatsiyasiga yangi qarash

Tarim mumiyolarining noma’lum kelib chiqishi qadimgi Xitoyning izolyatsiyalangan davlat sifatida qaralishiga shubha uyg‘otadi. Bu topilmalar Osiyo va Yevropa madaniyatlari o‘rtasidagi aloqalar ancha ilgaridan mavjud bo‘lganligini ko‘rsatishi mumkin.
Tarim mumiyolari: G‘arbiy Xitoydagi sirli yevropoid xalq izlari (foto)
Shuningdek, aprel oyi boshida Xitoyda neandertal odamlarning izlari topilgani ma’lum bo‘ldi. Bu topilmalar G‘arbiy Yevropaga xos uslubda ishlangan bo‘lib, Sharq ilgari o‘ylanganidek alohida rivojlanmaganini taxmin qilishga asos bo‘ldi. Arxeologik topilmalar insoniyat tarixini yanada yaxshiroq tushunishga imkon yaratmoqda.

Keyingi yangilik

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?