
Avtomobil sotuviga oid e’lonlar saytida qiziqarli taklif paydo bo‘ldi: 1971-yilgi VAZ-2102 universal avtomobili savdoga qo‘yildi, deb yozadi Cenyavto.com. Mashina Rossiyaning Novosibirsk shahrida joylashgan bo‘lib, narxi 6 million rubl, bu esa O‘zbekiston valyutasida taxminan 840 million so‘m (1 rubl ≈ 140 so‘m) ga teng.
Avtomobil tarixiy ahamiyatga ega — u VAZ-2102 modeli konveyerdan chiqqan birinchi kunda ishlab chiqarilgan va dastlabki 50 dona namunadan biri hisoblanadi. O‘sha yili atigi 300 dona shu model ishlab chiqarilgan edi.
Avtomobil to‘liq restavratsiya qilingan va unga aynan 1971-yilda ishlab chiqarilgan yangi dvigatel o‘rnatilgan. Umumiy yurgan masofasi — 10 000 km, ya’ni juda kam foydalanilgan.

Avtomobil egasi o‘z shaxsiy kolleksiyasini sotishga qaror qilgan. U boshqa ilk seriyali avtomobillar ham mavjudligini aytib, asossiz murojaatlardan, ayniqsa blogerlar va tayyorgarliksiz xaridorlardan bezovta qilmaslikni so‘ragan. Narx avtomobilning noyobligi va tarixiy qiymatini hisobga olib belgilangan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar