
O‘zbekistonda 2025-yilning yanvar-fevral oylarida 19,4 ming dona Cobalt avtomobili ishlab chiqarildi, deb xabar berdi Naqkomstat, deya yozmoqda Kursiv.media. Bu ko‘rsatkich 2024-yilning shu davriga nisbatan 21,1 foizga yuqori.
2023-yilning shu ikki oyida esa 7,6 mingta Cobalt ishlab chiqarilgan edi.
Shuningdek, joriy yilning dastlabki ikki oyida 12,9 mingta Damas avtomobili ishlab chiqarilgan bo‘lib, bu 10 foizlik o‘sishni anglatadi.
Onix modeli ishlab chiqarilishi esa yil davomida 5,3 mingdan 6,7 ming donagacha oshgan. Shu bilan birga, bu davrda O‘zbekistonda birorta ham Gentra avtomobili ishlab chiqarilmadi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar