
Chery kompaniyasining subbrendi Exeed o‘zining eng ilg‘or gibrid modeli — Lingyun C-DM flagman krossoverini taqdim etdi, deb xabar berdi Speedme.ru.
5 metrdan uzun bo‘lgan bu model 6 va 7 o‘rinli variantlarda mavjud. 1.5 turbomotor va to‘rt elektrodvigatelga ega tizim yordamida avtomobil faqat elektrda 180 km, umumiy gibrid rejimda esa 1300 km yo‘l bosishi mumkin.
Yangi 3 pog‘onali DHT gibrid transmissiyasi bilan jihozlangan bo‘lib, umumiy burama moment 920 N·m ni tashkil etadi. 0 dan 100 km/soatgacha tezlashish esa atigi 5 soniyani tashkil qiladi. Yoqilg‘i sarfi — 6,88 l/100 km.
CATL M3P batareyasi (34,46 kVt/soat) 6,6 kVtgacha tashqi quvvat uzatishni qo‘llab-quvvatlaydi. Xavfsizlik darajasi ham yuqori — kuzovning 85 foizi yuqori mustahkamlikdagi po‘latdan tayyorlangan, 10 ta xavfsizlik yostiqchasi va 32 ta haydovchi yordamchi tizimi mavjud.
Avtomobil narxi 209 900 yuandan boshlanadi, bu esa taxminan 356 million so‘m ni tashkil qiladi. Lingyun C-DM Xitoyda eng ilg‘or gibrid SUVlardan biri sifatida e’tirof etilmoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar